17-modda. Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalar Tumanlar, shaharlar prokuraturalari va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarga tegishli
prokurorlar rahbarlik qiladi, ular O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga
tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar. Bu prokurorlar yuqori turuvchi tegishli prokurorga
hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga bo‘ysunadilar va ularning oldida hisobdordirlar.
Oldingi tahrirga qarang. Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori bilan kelishilgan holda tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston
Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga
tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan o‘rinbosarlari bo‘lishi mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) Oldingi tahrirga qarang. Tumanlar, shaharlar prokurorlarining va ularga tenglashtirilgan prokurorlarning katta
yordamchilari, yordamchilari, prokuratura katta tergovchilari va tergovchilari, ish o‘rganuvchilari
tegishincha O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport
prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari
tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan ozod etiladi.
(17-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) Oldingi tahrirga qarang.