Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

3-modda. Prokuratura organlari faoliyatining huquqiy asoslari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Prokuratura organlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritish tartibi, shuningdek 
ularning vakolatlari O‘zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasi
, ushbu Qonun va boshqa 
qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. 
(3-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
4-modda. Prokuratura organlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari
Prokuratura organlari o‘z faoliyatini quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha amalga 
oshiradi: 
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar 
tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; 


fuqaroning huquq hamda erkinliklarini ta’minlashga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan 
nazorat qilish; 
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida, vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining harbiy tuzilmalarida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tezkor-qidiruv faoliyatni, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni, dastlabki tergovni 
amalga oshiradigan organlar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish hamda 
ularning jinoyatchilikka qarshi kurash borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish; 
(4-moddaning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 33-
moddasi 
birinchi qismi, 
shuningdek 
47-bobiga
 qarang. 
jinoyatlar yuzasidan dastlabki tergov olib borish;
Oldingi
 tahrirga qarang. 
sudlarda jinoyat ishlari ko‘rib chiqilayotganda davlat ayblovini quvvatlash, sudlarda 
fuqarolik ishlarini, ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni hamda iqtisodiy nizolarni 
ko‘rishda ishtirok etish, qonunlarga zid bo‘lgan sud hujjatlariga protest keltirish; 
(4-moddaning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-
446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
soliq 
intizomini 
mustahkamlashga, 
soliq, 
valyuta 
sohasidagi 
jinoyatlar 
va 
huquqbuzarliklarga qarshi kurashga, shuningdek davlatga yetkazilgan iqtisodiy zararni qoplashga 
qaratilgan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish; 
(4-moddaning sakkizinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-son 
Qonuni
 tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) 
ushlab turilganlarni, qamoqqa olinganlarni saqlash joylarida, jinoiy jazolarni va jinoyat-
huquqiy ta’sirning boshqa choralarini ijro etish chog‘ida qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat 
qilish; 
qonun ijodkorligi faoliyatida hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish ishida 
ishtirok etish. 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin