7-modda. Fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqish
Prokuratura organlari fuqarolarning ariza va shikoyatlarini hamda yuridik shaxslarning
murojaatlarini ko‘rib chiqadilar, ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini
himoya qilish chora-tadbirlarini ko‘radilar.
Prokuror fuqarolarni va yuridik shaxslarning vakillarini shaxsan qabul qiladi.
Prokuror o‘ziga tushgan taklif, ariza va shikoyatlarni tekshirish vazifasini zarur hollarda
tegishli davlat boshqaruvi, nazorat va tekshirish organlariga, korxona, muassasa va tashkilotlarning
mansabdor shaxslariga topshirish hamda ulardan tekshirishga taalluqli barcha materiallar bilan birga
tekshirish natijalariga doir yozma axborot berishlarini talab etish huquqiga ega.
Fuqarolarning ariza va shikoyatlari hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib
chiqish natijalari bo‘yicha prokuror qaror qabul qiladi, bu qaror ustidan yuqori turuvchi prokurorga
shikoyat qilinishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan fuqaroning ariza va shikoyati yoki
yuridik shaxsning murojaati yuzasidan qaror qabul qilinganidan keyin prokuratura organlarida ular
bo‘yicha ish yuritish tugatiladi, yangi ochilgan holatlar bundan mustasnodir.
Oldingi
tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: