O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport
prokurorining, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadigan hamda lavozimidan ozod etiladigan birinchi
o‘rinbosari va o‘rinbosarlari bo‘ladi.
Viloyatlar, Toshkent shahar prokuraturalarida va ularga tenglashtirilgan prokuraturalarda
boshqarmalar hamda bo‘limlar tashkil etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlarning
boshliqlari, prokurorlarning katta yordamchilari
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimidan
ozod etiladi.
Boshqarmalar va bo‘limlar boshliqlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh
prokurorining roziligi bilan O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi
Transport prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi
hamda lavozimidan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport
prokurorining, viloyatlar va Toshkent shahar
prokurorlarining yordamchilari, boshqarmalar va
bo‘limlarning katta prokurorlari hamda prokurorlari, alohida muhim ishlar bo‘yicha katta
tergovchilar va alohida muhim ishlar bo‘yicha tergovchilar, katta tergovchilar hamda tergovchilar
tegishincha O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy prokurori, O‘zbekiston Respublikasi Transport
prokurori, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlari tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda
lavozimidan ozod etiladi.
(16-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Dostları ilə paylaş: