ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni o‘tayotgan, qamoqda saqlanayotgan, ushlab
turilgan yoki ma’muriy qamoqqa tortilgan shaxslardan jinoyatlar to‘g‘risida olingan arizalar,
xabarlarni va boshqa ma’lumotlarni darhol ro‘yxatga olish va hal etishda jinoyat-protsessual
qonunchilik talablariga rioya qilinishini;
(31-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y.,
03/21/683/0375-son)
ushbu shaxslarga yoki ularning yaqin qarindoshlariga ruhiy, psixologik, jismoniy ta’sir
ko‘rsatilishi yoki boshqacha tarzda ta’sir ko‘rsatilishi ehtimolini;
qonunga xilof ravishda intizomiy javobgarlikka tortishning har bir fakti haqida yuqori
turuvchi prokurorni keyinchalik xabardor qilgan holda, ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi
jazoni o‘tash tartibini buzganlik uchun mahkumlarga nisbatan qo‘llanilgan intizomiy jazo
chorasining qonuniyligini majburiy tekshirishni amalga oshirishi shart.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 4-apreldagi O‘RQ-470-sonli
Qonuniga
asosan
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2018-y.,
03/18/470/1005-son)
Dostları ilə paylaş: