Prokuratura to‘G‘risida



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

38-modda. Protest 
Qonunga zid bo‘lgan hujjatga nisbatan protestni prokuror ana shu hujjatni qabul qilgan 
organga yoki yuqori turuvchi organga keltiradi. Mansabdor shaxsning noqonuniy qaroriga nisbatan 
ham xuddi shunday tartibda protest keltiriladi. 
Protest kelib tushgan vaqtdan boshlab o‘n kunlik muddatdan kechiktirmay ko‘rib chiqilishi 
shart. Qonunbuzarlikni darhol bartaraf etish talab qilingan alohida hollarda prokuror protestni ko‘rib 
chiqishning qisqartirilgan muddatini belgilashga haqli. Protestni ko‘rib chiqish natijalari to‘g‘risida 
uch kunlik muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinadi. 
Protest kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida 
prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
Protest shu hujjatni qabul qilgan organ (mansabdor shaxs) yoki yuqori turuvchi organ 
(mansabdor shaxs) tomonidan rad etilganda, shuningdek protest qonunda belgilangan muddat ichida 
ko‘rib chiqilmagan taqdirda, prokuror ana shu hujjatni g‘ayriqonuniy deb e’tirof etish to‘g‘risidagi 
ariza bilan sudga murojaat etishga haqli. Sudga ariza protest rad etilganligi to‘g‘risidagi xabar 
olingan paytdan boshlab yoki protestni ko‘rib chiqish uchun qonunda belgilangan muddat 
o‘tganidan keyin bir oylik muddat ichida berilishi mumkin.
Prokuror tomonidan sudga ariza berilishi protest keltirilgan hujjatning amal qilishini ariza 
sudda ko‘rib chiqilgunga qadar to‘xtatib qo‘yadi. 
39-modda. Qaror 
Prokuror mansabdor shaxs yoki fuqaro tomonidan sodir etilgan qonun buzilishining 
xususiyatiga qarab jinoyat ishi, ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish 
haqida qaror chiqaradi. Prokuror qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham qaror chiqaradi. 


 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi 
kodeksning 
275-moddasi 
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 331-moddasi 
birinchi qismiga 
qarang. 
Ma’muriy yoki intizomiy javobgarlik to‘g‘risidagi ishni qo‘zg‘atish haqidagi prokurorning 
qarori kelib tushgan kundan boshlab o‘n besh kun ichida organ yoki mansabdor shaxs tomonidan 
ko‘rib chiqilishi shart. Uni ko‘rib chiqish natijalari haqida uch kunlik muddatda prokurorga yozma 
ravishda ma’lum qilinadi. 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin