Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

44-modda. Prokurorlar va tergovchilarning qasamyodi 
Prokuror yoki tergovchi lavozimiga birinchi marta tayinlanayotgan shaxs quyidagi 
mazmunda qasamyod qabul qiladi: 
“O‘z xizmat vazifalarimni halol va vijdonan bajarishga, qonun buzilishiga qarshi 
murosasiz kurashishga, fuqaro, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga tantanali qasamyod 
qilaman”. 
Qasamyod qabul qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan 
belgilanadi. 
45-modda. Prokurorlar faoliyatini baholash 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Transport 
prokurorining, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorining, shuningdek viloyatlar va Toshkent 
shahar prokurorlarining, tumanlar, shaharlar prokurorlarining hamda ularga tenglashtirilgan 
prokurorlarning faoliyati tegishli yuqori turuvchi prokurorlar tomonidan ularning vakolatlari 
muddati ichida kamida ikki marta kompleks o‘rganib chiqiladi. Prokurorlar faoliyatini baholashning 
asosiy mezonlari qonuniylikning holati va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari, jamiyat va 
davlatning qonuniy manfaatlarini himoya qilishning ta’minlanishi hisoblanadi.
(45-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son) 
O‘z faoliyati davrida tegishli hududda qonunlar ijrosi ustidan lozim darajada nazorat 
o‘rnatilishini ta’minlab bera olmagan shaxslar prokuror lavozimiga takroran ko‘rsatilishiga yo‘l 
qo‘yilmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


46-modda. Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi
O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi tuzilmasida prokuratura organlarining ichki 
xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi tuziladi.
Prokuratura organlarining ichki xavfsizligini ta’minlash bo‘linmasi prokuratura organlari 
xodimlari tomonidan sodir etilgan xizmat mavqeyini suiiste’mol qilish, korrupsiya va egallab turgan 
lavozimiga noloyiq boshqa nojo‘ya xatti-harakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha xizmat 
tekshiruvlari o‘tkazadi, prokuratura organlarida ichki xavfsizlikni ta’minlash sohasiga oid normativ-
huquqiy hujjatlar, Bosh prokuratura hay’atining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokurorining buyruqlari, farmoyishlari va ko‘rsatmalari so‘zsiz ijro etilishini ta’minlaydi. 
(46-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son) 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin