himoyalash choralari Prokuratura organlari xodimlarining hayoti va sog‘lig‘i davlat himoyasida bo‘ladi hamda
respublika budjeti mablag‘lari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sug‘urtalanadi.
Davlat sug‘urta organlari quyidagi hollarda sug‘urta summalarini to‘laydilar:
prokuratura organlari xodimi ishlayotgan davrida yoki prokuratura organlaridan
bo‘shatilganidan keyin halok bo‘lsa (vafot etsa), agar bu hol u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi
munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sog‘lig‘ining boshqacha shikastlanishi oqibatida ro‘y
bergan bo‘lsa, uning merosxo‘rlariga — O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 194-
moddasining
ikkinchi qismida
nazarda tutilgan miqdorda;
prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida
kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib
qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida — uning oylik ish haqi yigirma
besh karrasi miqdorida;
prokuratura organlari xodimiga u o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan
kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatini
doimiy yo‘qotishga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast
yetkazilganida — uning oylik ish haqi besh karrasi miqdorida.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida
kasbiga doir faoliyat bilan shug‘ullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib bo‘lib
qolganida yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sug‘urtasi
bo‘yicha olingan to‘lovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya
o‘rtasidagi farq har oyda to‘lab boriladi.
Prokuratura organlari xodimi o‘z xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan
jarohatlari yoki uning sog‘lig‘iga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok bo‘lsa (vafot etsa),
uning qaramog‘ida bo‘lgan mehnatga qobiliyatsiz oila a’zolariga yetkazilgan zararning to‘lovi
boquvchisini yo‘qotganlik munosabati bilan tayinlangan pensiya, xuddi shuningdek boshqa pensiya,
ish haqi, stipendiya va o‘zga daromadlarni hisobga olmagan holda to‘lanadi.
Prokuratura organlari xodimining o‘z xizmat faoliyati bilan bog‘liq tarzda unga tegishli
mol-mulkni yo‘q qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar unga yoki uning oila a’zolariga
to‘laligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning
ikkinchi
,
uchinchi
,
to‘rtinchi
va
beshinchi qismlarida
nazarda tutilgan
zararni qoplash bo‘yicha to‘lovlar respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilib, ular
aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda keyinchalik undirib olinadi.