52-modda. Xalqaro hamkorlik
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligi
va xalqaro shartnomalariga muvofiq chet el davlatlarining tegishli organlari bilan prokuror nazorati,
jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamda boshqa masalalar bo‘yicha hamkorlik qiladi.
(52-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
53-modda. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura muassasalari
Ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlarining
malakasini oshirish maqsadida belgilangan tartibda idoraviy ilmiy muassasalar va o‘quv
yurtlari
tashkil etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-
5438-sonli “Prokuratura organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmoni
ga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari davriy nashrlar hamda maxsus adabiyotlar
chop etishi mumkin.
54-modda. Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika
ta’minoti
Oldingi
tahrirga qarang.
Prokuratura organlarining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti
respublika
budjeti hamda prokuratura organlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari
hisobidan
amalga oshiriladi.
(54-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Dostları ilə paylaş: