Prokuratura
organlarida prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar va ish o‘rganuvchilar
lavozimiga oliy yuridik ma’lumotga ega, zarur kasbiy fazilatlari bo‘lgan, zimmalariga yuklanadigan
xizmat vazifalarini bajarishga sog‘lig‘i imkon beradigan O‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari
tayinlanadi.
(43-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Alohida hollarda, prokuratura organlaridagi
xizmatga iqtisodiyot, moliya, sotsiologiya,
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida va boshqa sohalarda oliy ma’lumotga,
zarur
bilim va tajribaga ega bo‘lgan mutaxassislar qabul qilinishi mumkin.
(43-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi O‘RQ-436-son
Qonuni
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda)
Oldingi
tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, O‘zbekiston
Respublikasi Harbiy prokurori,
O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, viloyatlar
va Toshkent shahar prokurorlari,
shuningdek tumanlar, shaharlar prokurorlari hamda ularga
tenglashtirilgan prokurorlar lavozimiga yigirma besh yoshdan kichik bo‘lmagan
shaxslar
tayinlanadi.
(43-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 30-oktabrdagi O‘RQ-873-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 31.10.2023-y., 03/23/873/0808-son)
Prokuratura organlari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori belgilaydigan
tartibda attestatsiyadan o‘tkazilishi lozim.
Oldingi
tahrirga qarang.
Prokuratura
organlari xodimlariga ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq
to‘lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlanadi.
(43-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12-noyabrdagi O‘RQ-583-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.11.2019-y., 03/19/583/4016-son)
Dostları ilə paylaş: