34-modda. Ishlarni suddan talab qilib olish va chaqirib olish Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qarori qonuniy kuchga kirgan har qanday ishni
prokuror o‘z vakolatlari doirasida suddan talab qilib olish huquqiga egadir. Prokuror yoki uning
topshirig‘iga binoan prokuratura organlarining boshqa xodimlari sudlarda bunday ishlarning har
qanday toifasini o‘rganib chiqish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang. Ayblov xulosasini, ayblov dalolatnomasini, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini
qo‘llash to‘g‘risidagi qarorni tasdiqlagan prokuror yoki yuqori turuvchi prokuror jinoyat ishi sudda
ko‘rish uchun tayinlanguniga qadar ishni suddan chaqirib olish huquqiga ega.
(34-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 35-modda. Sud qarorlariga protest keltirish Prokuror protsessual qonunda belgilangan tartibda o‘z vakolatlari doirasida sudning hukmi,
hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga protest keltirishga haqli.
Protest keltirish prokurorning vakolat doirasidan chetga chiqib ketadigan hollarda u protest
keltirish to‘g‘risidagi taqdimnoma bilan yuqori turuvchi prokurorga murojaat etadi.
36-modda. Protestlarni o‘zgartirish, to‘ldirish, chaqirib olish Sudning hukmi, hal qiluv qarori, ajrimi va qaroriga nisbatan keltirilgan apellatsiya,
kassatsiya, xususiy va nazorat tartibidagi protest ishni sudda ko‘rish boshlangunga qadar protest
keltirgan prokuror tomonidan, shuningdek yuqori turuvchi prokuror tomonidan o‘zgartirilishi,
to‘ldirilishi yoki chaqirib olinishi mumkin.
V BO‘LIM. PROKUROR NAZORATI HUJJATLARI 37-modda. Prokuror nazorati hujjatlarining turlari Protest, qaror, taqdimnoma, ariza va ogohlantiruv prokuror nazorati hujjatlaridir.