jinoyatchilikka qarshi kurashni amalga oshiradigan organlarning qonunlarni ijro etishlari ustidan
nazorat predmeti hisoblanadi.
(27-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
28-modda. Prokurorning vakolatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Qonunlarning jinoyatchilikka qarshi kurashishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan
ijro etilishi ustidan nazorat qilish jarayonida prokuror o‘z vakolatlari doirasida:
surishtiruv va
dastlabki tergov organlaridan, shuningdek tergovga qadar tekshiruvni yoki
tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlardan jinoyat ishlarini, tergovga qadar tekshiruv,
tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va dastlabki tergov hujjatlari va materiallarini hamda boshqa
ma’lumotlarni tekshirish uchun talab qiladi;
sodir etilgan yoki tayyorlanayotgan jinoyatlar haqidagi arizalar va xabarlarni qabul qilish,
ro‘yxatdan o‘tkazish hamda hal etish to‘g‘risidagi qonun talablarining ijrosini har oyda kamida bir
marta tekshiradi;
tergovchilar va surishtiruvchilarning, shuningdek tergovga
qadar tekshiruvni amalga
oshiruvchi organ mansabdor shaxsining qonunga xilof hamda asossiz qarorlarini bekor qiladi;
jinoyatlarni tergov qilish, ehtiyot chorasini tanlash, o‘zgartirish yoki bekor qilish, jinoyat
tavsifini
belgilash, ayblanuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilish, ayrim tergov
harakatlarini bajarish va jinoyat sodir etib yashiringan shaxslarni qidirish to‘g‘risida yozma
ko‘rsatmalar beradi;
tergovga qadar tekshiruvni yoki tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga
ushlash, majburiy keltirish,
qidirish, tintuv o‘tkazish, olib qo‘yish to‘g‘risidagi qarorlarni va
sudning qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash haqidagi ajrimini ijro etishni, boshqa
tergov harakatlarini, shu jumladan prokurorning yoki prokuratura tergovchisining ish yurituvida
bo‘lgan ishlar yuzasidan tergov harakatlarini
bajarishni topshiradi, jinoyatlarni ochish va jinoyat
sodir etgan shaxslarni topish uchun zarur choralar ko‘rish to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradi;
surishtiruvda, dastlabki tergovda ishtirok etadi hamda zarur hollarda, jinoyat-protsessual
qonunga muvofiq har qanday ish bo‘yicha ayrim tergov harakatlarini shaxsan bajaradi yoki tergovni
to‘la hajmda amalga oshiradi;
surishtiruv, dastlabki tergov muddatini uzaytiradi, ehtiyot chorasi sifatida qamoqda saqlash
yoki uy qamog‘i va ayblanuvchining tibbiy muassasada bo‘lishi muddatini uzaytirish to‘g‘risida
sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini surishtiruv va dastlabki tergov organlariga qo‘shimcha tergov o‘tkazish
to‘g‘risidagi o‘z ko‘rsatmalari bilan qaytaradi;
jinoyat ishini surishtiruv organidan tergovchiga, prokuraturaning
bir tergovchisidan
boshqasiga, jinoyat-protsessual qonunda belgilangan hollarda va tartibda esa bir dastlabki tergov va
surishtiruv organidan boshqa dastlabki tergov va surishtiruv organiga o‘tkazadi;
surishtiruvchini yoki tergovchini, agar u ishni tergov qilish chog‘ida qonun buzilishiga yo‘l
qo‘ygan bo‘lsa, surishtiruvni yoxud dastlabki tergovni davom ettirishdan chetlatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda, tergov harakatlarini olib borishga sanksiya beradi,
qamoqqa olish yoki uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash to‘g‘risida, ayblanuvchini
lavozimidan chetlashtirish haqida, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish to‘g‘risida,
murdani
eksgumatsiya qilish haqida, pochta-telegraf jo‘natmalarini xatlash to‘g‘risida sudga iltimosnoma
kiritadi yoki iltimosnomaga rozilik beradi; jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida yoki jinoyat
ishini amnistiya aktiga asosan tugatish to‘g‘risida sudga iltimosnoma kiritadi;
jinoyat ishlarini qo‘zg‘atadi yoki ularni qo‘zg‘atishni rad etadi, jinoyat ishlarini tugatadi
yoxud ular yuzasidan ish yuritilishini to‘xtatadi;
qonunda nazarda tutilgan hollarda tergovchining va surishtiruvchining
ishni tugatishiga
rozilik beradi;
ayblov xulosasini yoki ayblov dalolatnomasini yoxud qarorini tasdiqlaydi, ishni sudga
yuboradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Prokurorning jinoyat-protsessual qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda bergan tergovga
qadar tekshiruv o‘tkazish, jinoyat ishlarini qo‘zg‘atish va tergov qilish bilan bog‘liq ko‘rsatmalari
tergovga qadar tekshiruvni va tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv va
dastlabki tergov organlari uchun majburiydir.
(28-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Dostları ilə paylaş: