Prokuratura to‘G‘risida


-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILIShI



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

2-BOB. FUQARONING HUQUQLARI HAMDA ERKINLIKLARIGA RIOYA ETILIShI 
USTIDAN NAZORAT
24-modda. Nazorat predmeti 
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, 
jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar hamda vazirliklar, davlat qo‘mitalari va 
idoralarining harbiy qismlari, harbiy tuzilmalari, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar 
tomonidan fuqaroning huquqlari hamda erkinliklariga rioya etilishi nazorat predmeti hisoblanadi. 
25-modda. Prokurorning vakolatlari 
Prokuror o‘z zimmasiga yuklangan vazifalarni bajara borib: 
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilganligi to‘g‘risidagi arizalar, shikoyatlar hamda 
boshqa ma’lumotlarni ko‘rib chiqadi va tekshiradi; 
arizachilarga ularning huquq va erkinliklarini himoya qilish tartibini tushuntiradi
fuqaroning huquq va erkinliklari buzilishining oldini olish va bartaraf etish, qonunni 
buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish hamda yetkazilgan zararni qoplash chora-tadbirlarini 
ko‘radi; 
ushbu Qonunning 
22-moddasida 
nazarda tutilgan vakolatlardan foydalanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 
321-
moddasiga 
qarang. 
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishini jinoiy xususiyatga ega deb bilish uchun 
asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda prokuror jinoyat ishi qo‘zg‘atadi hamda uni sodir etgan shaxslar 
qonunga binoan jinoiy javobgarlikka tortilishiga doir choralarni ko‘radi.
Fuqaroning huquq va erkinliklarining buzilishi ma’muriy huquqbuzarlik xususiyatiga ega 
bo‘lgan hollarda prokuror ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atadi yoki zudlik bilan 
huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ma’lumotni va tekshiruv materiallarini ma’muriy huquqbuzarliklar 
to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga beradi.

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin