Prokuratura to‘G‘risida


-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda



Yüklə 304,2 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/31
tarix25.12.2023
ölçüsü304,2 Kb.
#195285
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31
prokuratura tóğridagi qonun

32-modda. Shikoyat va arizalar bilan murojaat qilish huquqini ta’minlashda 
prokurorning majburiyatlari 
Prokuror ushlab turilgan, qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan hamda jinoyat-
huquqiy ta’sirning boshqa choralariga tortilgan shaxslarning jazoni ijro etuvchi organ yoki 
muassasa ma’muriyatiga, boshqa davlat organlariga, jamoat birlashmalariga, mansabdor shaxslarga 
shikoyat hamda arizalar bilan murojaat qilish huquqlari to‘g‘risidagi qonun talablariga rioya etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya 
kodeksi
shuningdek 
O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-298-son “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida 
qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi qonunining 38-moddasi 
yettinchi qismiga 
qarang. 
Prokuror o‘ziga tushgan shikoyat yoki arizani belgilangan muddatda ko‘rib chiqishi, zarur 
chora-tadbirlar ko‘rishi hamda o‘z qarori to‘g‘risida arizachiga ma’lum qilishi shart. 
IV BO‘LIM. SUDLARDA IShLARNI KO‘RIShDA PROKURORNING VAKOLATLARI
33-modda. Sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning ishtiroki 
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy 
manfaatlari sud yo‘li bilan samarali himoya qilinishini ta’minlash maqsadida barcha instansiya 
sudlarida ishlar ko‘rilayotganda prokuror qonunda belgilangan tartibda ishtirok etadi. 
Prokuror sudlarda jinoyat ishlari ko‘rilayotganda davlat ayblovini quvvatlaydi. 
Prokuror sudda dalillarni tekshirishda ishtirok etadi, qonunning qo‘llanishi xususida o‘z 
fikrini bildiradi. 
Ishlar sudlarda ko‘rilayotganda ishtirok etayotgan prokurorning vakolatlari protsessual 
qonunlar bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik-protsessual kodeksining 
51-
moddasiga
, Iqtisodiy protsessual kodeksining 
49-moddasiga
hamda Jinoyat-protsessual kodeksining 
409-
moddasiga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Prokuror sud protsessining boshqa ishtirokchilari bilan teng huquqlardan foydalanib
sudyalarning mustaqilligi hamda protsessual qonunchilik normalariga qat’iy rioya etish prinsipiga 
amal qilishi shart. 


(33-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 

Yüklə 304,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin