40-modda. Taqdimnoma Prokuror qonun buzilishi, uning kelib chiqish sabablari va bunga imkoniyat yaratib
berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risidagi taqdimnomani qonun buzilishini bartaraf
etish vakolatlariga ega bo‘lgan organga yoki mansabdor shaxsga kiritadi.
Taqdimnoma darhol ko‘rib chiqilishi va ko‘rilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida bir oylik
muddat ichida prokurorga yozma ravishda ma’lum qilinishi lozim.
Taqdimnoma kollegial organ tomonidan ko‘rib chiqiladigan hollarda majlis kuni haqida
prokurorga ma’lum qilinadi va u majlisda ishtirok etishga haqlidir.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 297- moddasiga qarang. 41-modda. Ariza Prokuror fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini
himoya qilish uchun sudga ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Protsessual kodeksining 334- moddasiga qarang. Oldingi tahrirga qarang. Prokurorning arizasi sud tomonidan qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda ko‘rib
chiqiladi.
(41-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Prokuror arizasidan davlat boji olinmaydi.
42-modda. Ogohlantiruv Prokuror fuqarolarning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlariga, huquq va
erkinliklariga, jamiyat hamda davlat manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan g‘ayriqonuniy
xatti-harakatlar tayyorlanayotganligi xususida ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lganda
huquqbuzarlikning oldini olish maqsadida mansabdor shaxslar va fuqarolarni qonunning buzilishiga
yo‘l qo‘ymaslik haqida yozma ravishda ogohlantiradi hamda huquqbuzarlik sodir etganlik uchun
javobgarlikni tushuntiradi.
Ogohlantiruv to‘g‘risida prokuror yuqori turuvchi organga (mansabdor shaxsga),
shuningdek ogohlantiruv e’lon qilingan shaxsning ish, o‘qish joyi bo‘yicha ish beruvchiga
(ma’muriyatga) yoki yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lum
qilishga haqli.