O`zb tarix 11 узб indd


partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik


partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil 
holda ish yuritadi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida sud hokimiyati 
sohasida ham islohotlar amalga oshirildi. O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi va 2000-yilda qabul 
qilingan «
Sudlar to‘g‘risida
»gi Qonuni (yangi tahrirda) 
sud islohotlarining huquqiy asosidir. 
Sud tizimidagi islohotlarni ikki davrga bo‘lish mumkin. 
1) 1991–2016-y.y; 2) 2017-yildan keyingi davr. Dastlabki 
davrda O‘zbekiston Respublikasi sud tizimiga besh yil 
muddatga saylanadigan quyidagi sudlar kirgan: 
 
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy sudi; 
 
O‘zbekiston Respublikasining Oliy xo‘jalik sudi; 
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolik va jinoyat 
ishlari bo‘yicha oliy sudlari
 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi xo‘jalik sudi;
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat va Toshkent shahar sudlari
 
fuqarolik va jinoyat ishlari bo‘yicha tumanlararo, tuman, shahar sudlari; 
Yodda tuting
!
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida 
Shukrullo Mirsaidov
(1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim 
Mutalov
(1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), 
Shavkat Mir-
ziyoyev
(2003–2016)lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla 
Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
O‘. Sultonov
Sh. Mirziyoyev
A. Aripov


18
 
viloyatlar va Toshkent shahrining xo‘jalik sudlari; 
 
harbiy sudlar. 
Favqulodda sudlar tuzishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasida 
sud ishlarini yuritish o‘zbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi 
ko‘pchilik aholi so‘zlashadigan tilda olib boriladi. 
Sudlarning alohida hokimiyat sifatida belgilanishidan maqsad 
O‘zbekiston Respublikasida shaxs huquqi va erkinliklarining xolis organ 
sifatida faqat sud orqali ta’minlanishiga erishish va sudni avvalgi jazolovchi 
organdan shaxs huquq va erkinliklarini to‘laqonli himoya qila oladigan 
organga aylantirishdir.
Sudlar sud qarorini ijro etish kabi o‘zlariga tegishli bo‘lmagan vazi-
falardan ozod etildi. 2008-yil 1-yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor 
qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan 
sudlarga o‘tkazildi. Mamlakatimizda jinoiy jazolashning insonparvar 
huquqiy tizimi tashkil etildi.
Islohotlar ikkinchi davrining asosiy xususiyati Prezident Shavkat 
Mirziyoyevning 2017-yil 21-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi sud 
tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini 
oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni asosida amalga oshirilmoqda.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin