O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2 ming 700 
nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 
nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan 
pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yashash joyi va jazoni 
ijro etish muassasasida ijobiy tavsifl angan shaxslarni mamlakatimiz tarixida 
ilk marotaba afv etish to‘g‘risida farmon qabul qilindi.
Mazkur farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy 
xo‘jalik sudi birlashtirilib, fuqarolik, jinoiy, ma’muriy va iqtisodiy sud ish 
yurituvi sohasidagi sud hokimiyatining yagona oliy organi – O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi tashkil etildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Harbiy hay’ati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi, okrug va hududiy 
harbiy sudlar shtat birliklari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 
tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tizimiga o‘tkazildi. 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi «Sud-


19
huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini 
ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘-
risida»gi farmoniga ko‘ra, sudyalik lavozimiga tayinlash (saylash) mud-
datlariga qat’iy aniqlik kiritildi. Ya’ni sudyalik lavozimiga birinchi maro-
taba tayinlash besh yilga, ikkinchi marotaba – o‘n yil, keyingisida 
muddatsiz tayinlanish (saylanish) imkoni yaratildi. Bu sudyalarning yoshi, 
malakasi, kasb mahoratini inobatga olgan holda uzoqroq muddatga faoliyat 
ko‘rsatishini kafolatlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari. 
Mamlakatimiz istiqlolga 
erishgan kundanoq O‘zbekiston milliy davlatchiligi, uning hududiy yaxlitligi, 
aholining tinch va osoyishta hayotini ta’minlash davlat siyosatining bosh 
masalalaridan biri bo‘lib kun tartibiga qo‘yildi.
1991-yil 19–21-avgust kunlari sobiq ittifoq poytaxti Moskva shahrida 
ro‘y bergan davlat to‘ntarishi sababli mamlakat halokat girdobiga kelib 
qoldi. Shunday sharoitda mamlakat hududiy yaxlitligi, aholi tinchligi va 
osoyishtaligini qurolli himoya qilish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi. 
O‘zbekiston Prezidentining 1991-yil 25-avgustdagi farmoni asosida O‘z-
bekiston Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizligi komitetining respublika 
tasarrufiga o‘tishi, SSSR Ichki ishlar vazirligining yurtimizdagi qo‘shinlari 
O‘zbekiston Prezidentiga bo‘ysundirilishi ana shunday birinchi qadamlardir.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentininig 1991-yil 6-sentabrdagi far-
moniga asosan, Mudofaa ishlari vazirligi 
tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Ken- 
gashi 1992-yil 10-yanvarda «O‘zbekiston
Respublikasi hududida joylashgan SSSR 
Ichki ishlar vazirligining harbiy qismlari
va o‘quv muassasalarini O‘zbekiston 
Respublikasi tasarrufiga olish to‘g‘ri-
sida» va 14-yanvarda «O‘zbekiston Res-
publikasi hududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o‘quv muassa-
salari to‘g‘risida»gi qarorlarni qabul qildi. Ushbu qarorlarga muvofiq,
sobiq SSSR Qurolli Kuchlarining respublika hududida joylashgan
qismlari, qo‘shilmalari, birlashmalari, harbiy o‘quv yurtlari, tashkilotlari 
Harbiy qasamyod


20
va boshqa harbiy tuzilmalari qonuniy asosda 
O‘zbekiston Respublikasi 
yurisdiksiyasiga olindi. Mazkur qaror qabul qilingan kun – 14-yanvar 
O‘zbekiston Respublikasining 1993-yildagi qonuniga muvofi q «Vatan 
himoyachilari kuni» deb e’lon qilindi. 

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin