15
yil 27-yanvarda o‘tkazilgan referendum va shu asosda qabul qilingan
«O‘zbekiston Res-publikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida» va
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qonunchilik palatasi
to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonunlar asosida amalga oshirildi.
Parlamentda 250 kishi, jumladan, Quyi palata – Qonunchilik palatasida
150 deputat, Senatda 100 nafar senator faoliyat ko‘rsatadi.
Senatga Qora-
qalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 6 nafardan,
jami 84 kishi saylanadi. Prezident tomonidan tayinlanadigan 16
nafar el-
yurtda obro‘-e’tibor qozongan kishilar Senatning a’zosi bo‘lishadi.
O‘zingizni sinang
!
Qonun va Konstitutsiyaviy qonunning qanday farqlari bor?
!
Yodda tuting
!
Mamlakat parlamentining bosib o‘tgan yo‘lini tarixiy nuqtayi nazardan
tahlil etar ekanmiz, uni shartli ravishda uchta asosiy davrga bo‘lish mumkin.
Birinchi davr – 1991–1994-yillar, ikkinchi davr – 1995–2004-yillar,
uchinchi davr – 2005-yildan hozirgi paytgacha.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, uning strukturasi
va funksiyalari
. 1990-yil 15-noyabrda O‘zbekiston Prezidentining
«O‘zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining tarkibini
tasdiqlash to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi. Unga muvofi q ravishda
O‘zbekiston Prezidenti huzurida Vazirlar Mahkamasi tuzildi, Prezident
uning Raisi bo‘ldi. Respublikada vitse-prezident lavozimi ta’sis etilib,
uning zimmasiga Vazirlar Mahkamasiga rahbarlik
qilish va uning ishini
uyushtirish vazifasi yuklandi. 1992-yil 4-yanvarda vitse-prezident lavozimi
tugatildi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri lavozimi ta’sis
etildi. Bosh vazir zimmasiga vitse-prezident vakolatlari berildi.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining XX bobida O‘zbe-
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining konstitutsiyaviy-huquqiy
maqomi, uning tashkil etilishi, faoliyatining asosiy yo‘nalishlari va
vakolatlari belgilab qo‘yildi. Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatini O‘zbe-
kiston Respublikasining 1993-yilda qabul qilingan «O‘zbekiston
Respub-
likasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida»gi (yangi tahriri 2003-yil) Qo-
16
nuni asosida olib boradi. Vazirlar Mahkamasi O‘zbekiston Respublikasi-
ning hukumati Oliy Majlisning qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Prezi-
dentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari bajarilishiga rahbarlikni
ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasining ijro etuvchi hokimiyat organidir.
Dostları ilə paylaş: