O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi

O‘zbekiston mustaqillikni qo‘lga kiritgach, tabiiy ravishda davlat 
Yоdda tuting
!
«O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qilish 
to‘g‘risida» Oliy Kengash qarorida: Respublikaning davlat mustaqilligi 
to‘g‘risidagi Oliy Kengash bayonoti tasdiqlansin va respublika bundan 
buyon O‘zbekiston Respublikasi deb atalsin; 1-sentabr O‘zbekiston 
Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991-yildan boshlab 
bu kun bayram va dam olish kuni deb e’lon qilinsin, deb belgilab qo‘yildi.
Mustaqil ish.
Quyi sinfl arda olgan bilimlaringizga tayanib hamda qo‘shimcha 
adabiyotlardan foydalanib, Mustaqillik maydonining bugungi kunga qadar 
bo‘lgan holatlari hamda vazifalarini tasvirlab bering.
mustaqilligi va suverenitetini Konstitutsiya asosida mustahkamlash 
zarurati yuzaga keldi. O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini tayyorlash 
g‘oyasi dastlab Islom Karimov tomonidan 1990-yilning mart oyida 
ilgari surildi. 1990-yil 20-iyun kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy 
Kengashining II sessiyasida yangi Konstitutsiya ishlab chiqish lozim, 
degan xulosaga kelindi. Sessiya O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti 
Islom Karimov boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini 
tayyorlash bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. 
Komissiya tarkibiga Oliy Kengash deputatlari, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi va viloyatlar vakillari, davlat, jamoat tash-kilotlari va 
xo‘jaliklarning rahbarlari, olimlar, mutaxassislar kiritildi.
Konstitutsiyaviy komissiya O‘zbekiston Respublikasining Konstitut-
siyasini yaratish ustida 2,5 yil ishladi. Loyihaning dastlabki varianti 
1991-yilning oktabr-noyabrigacha tayyorlab bo‘lindi. U muqaddima, 
olti bo‘lim va 158 moddadan iborat edi. Bu loyiha hali mukammal 
emasligi boisi, uning ustida yanada jiddiyroq va talabchanlik bilan 


9
ishlash zarur edi. 1992-yil bahorida esa loyihaning 149 moddadan iborat 
ikkinchi varianti ishlab chiqildi. 1992-yilning kuz oylarida O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi loyihasi umumxalq muho-kamasi uchun 
2-marta matbuotda e’lon qilindi. Umumxalq muhokamasi davrida 6 
mingdan ortiq taklif va mulohazalar bildirildi.
1992-yil 8-dekabrda XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Kengashining XI sessiyasi bo‘ldi. Unda mamalakatning Asosiy Qonunini 
qabul qilish masalasi muhokama qilindi. Sessiyada deputatlar loyihaga 
80 ga yaqin o‘zgartirish, qo‘shimcha va aniqliklar kiritdilar. Shu kuni 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasi «O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish to‘g‘risida», «O‘zbekiston 
Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kunni umumxalq bayrami 
deb e’lon qilish to‘g‘risida»gi qonunlarni qabul qildi. 
Yodda tuting
!
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo‘lim, 26 bob, 128
moddadan iborat. U «Mustaqillik Deklaratsiyasi», «O‘zbekiston Res-
publikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunda mus-
tahkamlangan tamoyillar va g‘oyalarni o‘zida to‘la mujassamlashtirdi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin