O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

1) 1991–2016-yillar. 
Bu davrda milliy davlatchilik asoslari va ijtimoiy 


4
yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini yuzaga keltirishga qaratilgan o‘tish 
davrining dastlabki islohotlar jarayoniga ilk qadamlar qo‘yildi. Demokratik 
an’analar asosida yangi davlat boshqaruv tizimi – qonun chiqaruvchi, ijro 
etuvchi va sud hokimiyati tashkil etildi, hamda fuqarolik jamiyati asoslari 
yaratildi, erkin bozor iqtisodiyotiga o‘tila boshlandi. 2000-yildan mamlakatda 
faol demokratik yangilanish va modernizatsiyalash jarayonlari kuzatildi. Shu 
davrdan asosiy vazifasi qilib kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyatiga 
bosqichma-bosqich o‘tish vazifasi qo‘yildi. Natijada mamlakatning siyosiy 
va iqtisodiy hayotida demokratlashtirish va liberallashtirish jarayonlari 
chuqurlashdi, inson haq-huquqlari va erkinliklarini himoya qiluvchi 
mustaqil sud tizimi mustahkamlandi, fuqarolik jamiyati asoslari rivojlandi. 
2010-yildan
 
demokratik islohotlar va mamlakatni modernizatsiyalash 
jarayonini yanada chuqurlashtirish masalasi ilgari surildi. Uning boshlanishi 
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov tomonidan mamlakatda 
fuqarolik jamiyatini shakllantirish va demokratik islohotlarni yanada chuqur-
lashtirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bilan bog‘liqdir. Bu davr davlat 
hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimi
axborotlashtirish sohasini isloh etish, so‘z erkinligini ta’minlash, saylov 
qonunchiligini takomillashtirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlash-
tirishga qaratilganligi bilan xarakterlanadi. 2) 
2017-yildan keyingi yillar
. Bu 
davr tarixi 2016-yil dekabr oyida saylangan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyevning strategik taraqqiyotga asoslangan keng ko‘lamli islohotlar 
davri hisoblanadi. Shuningdek, bu davrda jtimoiy-siyosiy hayotimizga yangi 
iboralar, xususan, “xalq bilan muloqot”, “xalq qabulxonalari”, “virtual qabulx
-
ona”, “tanqidiy tahlil”, “qat’iy tartib-intizom”, “arzon uylar”, “texnoparklar”, 
“o‘z bolangni o‘zing asra”, “yo‘l xaritasi”, “kafolatlangan xavfsizlik”, “kito
-
bxonlik ko‘nikmasi” singari tushunchalar kirib keldi va hayotimizning ajral
-
mas qismiga aylandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin