O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston–Xitoy
. Xitoy Xalq Respublikasi O‘zbekiston Respublikasi
mustaqilligini 1991-yil 27-dekabrda tan olgan. 1992-yil yanvarda diplo-
matik munosabatlar o‘rnatilgan. O‘zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq 
Respublikasi o‘rtasida an’anaviy do‘stlik munosabatlari o‘rnatilgan. Bular 
I.Karimov va V.Putin. 2013.


122
ikki mamlakatga har ikki tomonni qiziq-
tiruvchi ko‘plab masalalar bo‘yicha 
o‘zaro manfaatli va samarali hamkor-
lik olib borish imkonini beradi. XXR 
Raisining 2010-yildagi O‘zbekistonga 
va O‘zbekiston Respublikasi Prezi-
dentining 2012-yil iyunda Xitoy Xalq 
Respublikasiga davlat tashrifi tarixiy 
ahamiyatga ega bo‘ldi. Uchrashuvlar 
davomida hamkorlikning istiqbollari 
belgilandi. Buning yaqqol dalili sifatida 
O‘zbekiston rahbarining Xitoyga tashrifi 
chog‘ida davlatlar rahbarlari tomonidan «Strategik sheriklik munosabatlari 
o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma bayonot» imzolanganini ko‘rsatish mumkin. 
O‘zaro manfaatli hamkorlikning huqu-
qiy bazasini 2005-yilda imzolangan
Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik munosa- 
batlari to‘g‘risidagi shartnoma, 2010-yil- 
dagi Do‘stlik, hamkorlik va sheriklik 
munosabatlarini har tomonlama chuqur-
lashtirish va rivojlantirish to‘g‘risidagi 
qo‘shma deklaratsiya, 2012-yildagi Strate-
gik sheriklik o‘rnatish to‘g‘risidagi 
Qo‘shma deklaratsiya, 2013-yildagi Ikki 
tomonlama strategik hamkorlikni yanada 
chuqurlashtirish va rivojlantirish haqi-
dagi Qo‘shma deklaratsiya, 2014– 
2018-yillarga mo‘ljallangan Strategik 
sheriklik munosabatlarini rivojlantirish 
dasturi hamda 2016-yilda imzolangan 
Qo‘shma bayonot tashkil qiladi. Maz-
kur hujjatlarning qabul qilinishi uzoq
muddatli istiqbolda mamlakatlarimiz 
o‘rtasidagi munosabatlarni yanada 
rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Sh.Mirziyoyev va Si Szinpin.
I.Karimov va Xitoy Xalq 
Respublikasi Raisi Si Tszinpin.
Sh.Mirziyoyev va V.Putin shartnoma 
imzolamoqda. 2017-y.


123
2017-yil 11–13-may kunlari Shavkat Mirziyoyevning Xitoy Xalq 
Res-publikasiga davlat tashrifi O‘zbekiston – Xitoy munosabatlarini 
yangi bosqichga ko‘tardi.
Muzokaralar yakunida Shavkat Mirziyoyev 
va Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi bilan Xitoy Xalq Respublikasi 
o‘rtasidagi Qo‘shma bayonotni imzoladilar. Shavkat Mirziyoyev Xitoyga 
boʻlgan tashrifi davomida umumiy qiymati 23 mlrd. dollar boʻlgan 105 ta 
ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin