O`zb tarix 11 узб indd


O‘zbekiston – Turkmaniston



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

O‘zbekiston – Turkmaniston. 
1991-yilda O‘zbekiston va Turkmanis-
ton Prezidentlari uchrashuvida O‘z-
bekiston Respublikasi bilan Turkma-
niston Respublikasi o‘rtasida do‘stlik
va hamkorlik to‘g‘risida shartnoma 
imzolangan. O‘zbekiston Prezidenti
Islom Karimov 1996-yil yanvarda
amaliy tashrif bilan Turkmanistonda 
bo‘ldi. Chorjo‘y shahrida S.Niyozov 
bilan I.Karimov o‘rtasida va ikki 
mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida muzokaralar bo‘ldi. Prezidentlar O‘z-
bekiston bilan Turkmaniston o‘rtasida do‘stlik, hamkorlik va o‘zaro 
yordam to‘g‘risidagi shartnomani, O‘zbekiston bilan Turkmaniston 
o‘rtasida davlat chegarasini qo‘riqlashda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi 
va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha qator bitimlar imzolandi. 1991-yildan 
2016-yilga qadar ikki mamlakat rahbarlarining 11 marta oliy darajadagi 
tashrifl ari amalga oshirildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi keng 
ko‘lamli hamkorlikka oid dolzarb yo‘nalishlarni qamrab olgan davlatlararo, 
hukumatlararo va idoralararo darajada imzolangan 150 dan ortiq xalqaro 
shartnomalar ikki mamlakat munosabatlarining mustahkam huquqiy asosi 
bo‘lib xizmat qilmoqda.
Sh.Mirziyoyev Turkmanistonda.
Yodda tuting
!
2017-yil 6–7-mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Turkmanistonda bo‘ldi. Bu Sh.Mir-
ziyoyevning Prezident sifatida xorijiy mamlakatlarga ilk rasmiy tashrifi
hisoblanadi.
Yurtimizda 2001-yilda tashkil etilgan Respublika turkman madaniyat 
markazi faoliyat olib borayotir. Bugungi kunda O‘zbekistonning turli 
viloyatlarida turkman millatiga mansub qariyb 170 ming aholi yashab, 
70 ta maktabda turkman tili o‘qitilmoqda. Turkmaniston Prezidenti 
Gurbanguli Berdimuhamedovning 2014-yil may oyida mamlakatimizga 
rasmiy tashrifi chog‘ida O‘zbekiston–Turkmaniston hamkorligini yanada 
rivojlantirish masalasida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.


120
2017-yil Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdi-
muhamedov taklifi bilan ikki marta (mart, may) Turkmanistonga tashrif 
buyurdi. Tashriflar davomida bir qator kelishuvlarga erishildi. 2017-yil mart 
oyidagi muzokaralar yakunida prezidentlar O‘zbekiston bilan Turkmaniston 
o‘rtasida strategik sheriklik to‘g‘risidagi shartnomani imzoladilar. Ikki mam-
lakat vazirlik va idoralari o‘rtasida iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi va kimyo 
sanoati, temir yo‘l transporti, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni, 
hududlararo aloqalarni rivojlantirishga doir qator hujjatlar imzolandi.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin