O`zb tarix 11 узб indd



Yüklə 17,62 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/106
tarix14.12.2023
ölçüsü17,62 Mb.
#177616
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106
11-sinf-Ozbekiston-tarixi-darslik

Yodda tuting
!
2017-yilda Koreya Respublikasida 
Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidenti lavozimidagi 
faoliyatining birinchi yili haqida koreys 
tilida “O‘zbekiston Respublikasi Pre-
zidenti Shavkat Mirziyoyev” nomli kitob 
chop etildi.


129
Respublikasi va Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida savdo-iqtisodiy, 
ilmiy-texnikaviy va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik muvaffaqiyat 
bilan ravnaq topishiga xizmat qildi.
Savol va topshiriqlar
:
1. O‘zbekiston va Yaponiya hamkorlik aloqalarining yo‘nalishlari nima-
lardan iborat?
2. Osiyoning yangi industrial rivojlanayotgan mamlakatlariga qaysi davlatlar 
kiradi? Ular bilan aloqalarning muhimligi nimada?
3. O‘zbekistonning davlatlar bilan aloqasiga oid jadvalni to‘ldiring.
Davlatlar
Yaponiya
Hindiston
Koreya
Tashrif yillari
Natijalar 
4. 2017-yilda Koreya va O‘zbekiston munosabatlarida qanday jarayonlar 
kuzatildi?
5. Koreya Respublikasida Sh.Mirziyoyev haqida yozilgan asar haqida yana 
nimalarni bilasiz?
IX BOB. 
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING KO‘P TOMONLAMA 
HAMKORLIK ALOQALARINING RIVOJLANISHI
21-mavzu. 
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasidagi 
faoliyati va tinchlikparvar tashqi siyosati
O‘zbekiston va BMT
. O‘zbekiston Res- 
publikasi 1992-yil 2-martda BMTga qabul
qilindi va mamlakatimiz jahon hamjamiya-
tining teng huquqli a’zosi bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat rahbari I.Karimov 
tomonidan BMT minbarida ilgari surilgan 
takliflar butun dunyoda tinchlik va barqa-
rorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro quroli
tarqalishining oldini olish yo‘lida jahon
Birlashgan Millatlar 
Tashkilotining Bayrog‘i.
?


130
hamjamiyatini birlashtirishga intilayotgan BMT va keng jahon hamjamiyati 
tomonidan qizg‘in qo‘llab-quvvatlandi. Jumladan, 1993-yil 28-sentabrda 
BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida Prezident Islom Karimov ilk 
bor ma’ruza qildi. Unda Markaziy Osiyoni yadroqurolidan holi zona deb 
e’lon qilish, Orol muammosi bo‘yicha BMTning maxsus komissiyasini tuzish 
kabi bir qator muhim takliflar ilgari surildi. 1993-yil oktabrda Toshkentda 
BMTning vakolatxonasi ish boshladi. O‘zbekistonning tashabbusi bilan 
va BMT rahnamoligida 1995-yil sentabrda 
Markaziy Osiyoda xavfsizlik va ham- 
korlik masalalariga bag‘ishlangan Toshkent 
kengash-seminari tashkil etildi. 1995-yil 
24-oktabrda Nyu-Yorkda BMT ning 50 yil-
ligi munosabati bilan Prezident I.A.Kari-
mov nutq so‘zlab, Afg‘onistondagi keskin-
likni hal etish kaliti eng avvalo tashqi 
kuchlarning aralashuvini bartaraf etishdir, 
degan taklifni kiritdi. 2000-yil BMT Bosh 
Assambleyasining 
55-sessiyasi 
«Ming 
yillik sammit»ida Islom Karimov BMT 
minbaridan BMTning mintaqaviy va global muammolarni hal etishdagi 
o‘rni va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi qabul qilinishi 
zarurligini ta’kidlab, Xavfsizlik Kengashining 
doimiy a’zolari tarkibiga Germaniya va 
Yaponiyani kiritishni, global va mintaqaviy 
tahdidlarga munosabat bildirishda tezkorlikni 
oshirish uchun Bosh Kotib vakolatlarini 
kengaytirish lozimligini qayd etdi. O‘zbekiston 
Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT 
Xavfsizlik Kengashining terrorizmga qarshi 
kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis 
etildi. 2010-yil BMT Bosh Assambleyasining 
65-sessiyasidagi Prezident Islom Karimov o‘z 
nutqida jahon mamlakatlari e’tiborini yana 
Markaziy Osiyodagi murakkab muammolarni 
Prezident I.Karimovning BMT 
48-sessiyadagi nutqi.
Antoniu Guterrish 
Samarqandda. 


131
hal etish yo‘llariga qaratdi. 2002-yil oktabr kunlari BMT Bosh kotibi 
Kofe Ananning, 2010-yil aprel oyida BMT Bosh kotibi Pan Gi Munning 
O‘zbekistonga tashrifl ari ham mamlakatimizning xalqaro hamjamiyatdagi 
o‘rni mustahkamlanib, obro‘-e’tibori ortib borayotganining dalilidir. 2017-yil 
iyunda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish O‘zbekistonga tashrif buyurdi. 
Samarqandda u Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Guterrish 
Islom Karimov qabrini ziyorat qilib, keyin Orolbo’yi hududidagi vaziyat 
bilan tanishdi.
O‘zbekiston BMTning bir qator ixtisos-
lashtirilgan muassasalari, jumladan Jahon 
banki, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon
savdo tashkiloti (JST), BMTning Yevropa
bo‘yicha iqtisodiy komissiyasi (EIK), BMT
savdo va rivojlanish bo‘yicha konferen-
siyasi guruhi kabilar bilan keng ko‘lamli
hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘ydi. Shu-
ningdek, O‘zbekiston Respublikasi BMT
doirasidagi ixtisoslashgan muassasalar – Ja-
hon sog‘liqni saqlash tashkiloti, Xalqaro
mehnat tashkiloti, Xalqaro bolalar jamg‘ar-
masi (YUNISEF), Xalqaro Olimpiya qo‘-
mitasi, Xalqaro avtomobilchilar ittifoqi va boshqa tashkilotlarning ham a’zosi 
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 
19-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 
72-sessiyasida nutq so‘zladi. Unda bir qator masalalar, jumladan BMTning 
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish va Bosh 
Assambleyaning «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus
rezolyutsiyasini qabul qilish, Markaziy Osiyoda suv resurslaridan oqilona 
Sh.Mirziyoyev BMT minbaridan 
Orol dengizi xaritasini 
namoyish qilmoqda.

Yüklə 17,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin