Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi.
Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar.
So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi.
Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy me`yor o`z aksini topadi.
So`zning ma`nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so`zlarni qo`llash, paronimlarning ma`nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to`g’ridan-to`g’ri kalka-tarjima qilish me`yor hisoblanmaydi.
Masalan: bo`lsa o`rnida bo`sa so`zini ishlatish, yorug’ o`rnida yoruq so`zidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari.
Talaffuz me`yorlari (orfoepik).
Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so`zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to`g’ri aytilishi Maskva) so`zlarni o`zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo`l-jo`l) talaffuz me`yorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.
4. Aksentologik (urg’uning to`g’riligi) me`yorlar. Bunda so`z va gaplarda urg’uni to`g’ri qo`llash me`yori tushuniladi. Urg’uni to`g’ri ishlatmaslik so`z ma`nosiga ta`sir qiladi: olma-meva, olma-buyruq fe`li.
5. Grammatik me`yor: Turlovchi va tuslovchi shakllarning eng maqbul variantlari hozirgi tilimizda tanlab olingan va ular nutqda barqaror shaklda ishlatiladi. Ammo kelishik qo`shimchalarini noto`g’ri qo’llash uchraydi. Ba`zan –ning o`rnida –ni, -lar o`rnida –la ishlatiladi. Direktorni xonasida ko`rdim. (direktorni o`z xonasida ko`rmoq). Direktorning xonasida ko`rdim. (Boshqa birovni direktor xonasida ko`rmoq).
6.