Til unsurlarining xalq o`rtasida ko`pchilikka ma`qul bo`lgan variantini tanlash-adabiy til me`yori hisoblanadi. O`zbek adabiy tilining me`yorlari: 1.Fonetik me`yorlar. Bunda hozirgi o`zbek adabiy tilidagi unli va undosh tovushlarning qo`llanilishi me`yor hisoblanadi. 2.Leksik-semantik me`yor (so`z qo`llash)lar. So`z variantlaridan hamma uchun tushunarli bo`lgan ko`rinishini tanlab olish hozirgi o`zbek tilining lug’aviy me`yori hisoblanadi. Imlo, talaffuz, tarjima lug’atlarida lug’aviy me`yor o`z aksini topadi.
So`zning ma`nosini bilmay ishlatish, shevaga xos so`zlarni qo`llash, paronimlarning ma`nosini tushunmasdan ishlatish rus tilidan to`g’ridan-to`g’ri kalka-tarjima qilish me`yor hisoblanmaydi. Masalan: bo`lsa o`rnida bo`sa so`zini ishlatish, yorug’ o`rnida yoruq so`zidan foydalanish. Rus tilidan tarjima qilish asosida: Bazm kechasining aybdorlari. 3.Talaffuz me`yorlari (orfoepik). Til birliklarining og’zaki nutq jarayonida adabiy til me`yorlariga muvofiq kelishi. Ruscha so`zlarni yozma shakliga taqlid qilib aytish-(Moskva to`g’ri aytilishi Maskva) so`zlarni o`zbekcha aksent bilan talaffuz etish (Angiliya) shevaga xos talaffuz (yo`l-jo`l) talaffuz me`yorlarini egallashda orfoepik lug’atlarning ahamiyati katta.