21-64 Murodov Abdulhamid O`zbek adabiy tilining me`yorlari(2)
Qaysi hududda savdo, fan madaniyat taraqqiy etgan bo`lsa, me`yorga ham o`sha hududdagi shevalarning ulushi ko`proq bo`ladi. Me`yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishli. Adabiy me`yor umumiy me`yordan olinadi, unga suyanadi. Adabiy me`yor umumiy me`yorning xususiy ko`rinishi bo`lgani uchun undan hajm jihatidan kichikdir. Og’zaki adabiy normaning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, ertakchi, latifachi, dostonchi, xalq shoir-baxshilari katta hissa qo`shadilar. Nutq madaniyati adabiy me`yorlarni tadqiq etar ekan, u me`yordagi mustahkam va zaif o`rinlarni belgilaydi. Adabiy me`yor adabiy til bilan birga tug’iladi, badiiy adabiyotning, xalq madaniyatining taraqqiyoti bilan rivojlanib, o`z qonun-qoidalarini mustahkamlab boradi.