O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 305-guruh talabasi Beshimova Nigoraning



Yüklə 63,91 Kb.
səhifə1/5
tarix09.01.2023
ölçüsü63,91 Kb.
#78782
  1   2   3   4   5
Nigora2



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
O‘ZBEK ADABIYOTINI O‘QITISH METODIKASI KAFEDRASI
O‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti 305-guruh talabasi
Beshimova Nigoraning
HOZIRGI O‘ZBEK ADABIY TILI” FANIDAN YOZGAN
KURS ISHI
MAVZU: Choʻlpon sheʼriyatida davr va shaxs fojeasi talqini


ILMIY RAHBAR: ______________________________________

TOSHKENT-2022


Kurs ishi Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyot universiteti ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida bajarilgan


Ilmiy rahbar:

Himoya 2022-yil ____________ oyining kunida soat ________ da Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida kurs ishlari himoyasi yig`ilishda o‘tkazildi.




Manzil:

Kurs ishi 2022-yil ____________ oyining _______ kunida kafedraga topshirildi.


Kurs ishi bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot taʼlimi kafedrasida tanishish mumkin.


Yig`ilish kotibi: ___________


MAVZU: Choʻlpon sheʼriyatida davr va shaxs fojeasi talqini


Reja:


Kirish. Adibning hayot va ijod yo`li.
Asosiy qism:
I bob.
1.1. Cho‘lponning she`riyat olami.
II bob.
2.1. Ijtimoiy mavzular tasviri
2.2. Cho‘lponning nasriy va dramatik asarlari
Xulosa.


Kirish. Adibning hayoti va ijodi yo`li.
Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li Cho‘lponning tug‘ilgan sanasi shu paytgacha ilmiy adabiyotlarda 1897-yil deb kelingan edi. Adabiyotshunoslar shu sanani Cho‘lponning tug‘ilgan yili sifatida tanlaganlarida 1937-yilda bo‘lib o‘tgan tergov materiallariga asoslangan edilar. Ammo boshqa mo‘tabar yozma va og‘zaki manbalar uning 1898-yilda tug‘ilganini tasdiqlaydi. Shuning uchun ham bundan keyin shu sanani Cho‘lponning tug‘ilgan yili, deb belgilashimiz to‘g‘ri bo‘ladi.
Cho‘lpon Andijonning Qatorterak mahallasida gazlama savdosi bilan shug‘ullanuvchi Sulaymonqul Muhammadyunus oilasida tug‘ildi. Otasi o‘z davrining ilg‘or kishilaridan bo‘lib, Rasvo taxallusi bilan hajviy she’rlar ham yozgan. Ayniqsa, uning qo‘shni o‘lkalarda nashr etilgan gazetalarga obuna bo‘lganligi, o‘g‘lining zamonaviy bilimlardan xabardor bo‘lishini istaganligi Cho‘l-ponning shaxs sifatida shakllanishida muhim omillardan bo‘ldi.
Cho‘lpon madrasa tahsilini ko‘rgach, 1912-1914-yillarda rus-tuzem maktabida o‘qidi. Shu vaqtda «Tarjimon» gazetasi va «Oyna» jurnaliga xabar va she’rlar yo‘llab turdi. 1914-yilda «Sadoyi Turkiston» gazetasida Cho‘lponning «Turkistonli qardoshlarimizga» she’rining e’lon qilinishi esa o‘z mavzusiga ega, o‘zbek xalqining taqdiri ustida kuyinayotgan shoirning dunyoga kelganidan darak berdi.
Cho‘lponning shu yili Toshkentga vaqtincha ko‘chib kelib, «Sadoyi Turkiston» gazetasining muharriri Ubaydulla Xo‘jayev va shu gazetaning mutasaddilaridan biri, Toshkent jadidlarining sardori Munavvar qori Abdurashidxonov bilan uchrashuvi uning keyingi taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatdi. Shu yili Cho‘lpon «Sadoyi Turkiston» gazetasida, yuqorida tilga olingan she’ridan tashqari, ,,Qurboni Jaholat» va «Do‘xtur Muhammadyor» hikoyalarini hamda «Yozg‘uvchilarimizga», «Adabiyot nadur» maqolalarini e’lon qildi. Ya’ni u ayni paytda ham shoir, ham nosir (yozuvchi), ham adabiyotshunos sifatida maydonga chiqdi. Holbuki, u bu vaqtda endigina 16 yoshga kirgan yigitcha bo‘lib, Munavvar qori unga bejiz Cho‘lpon -Tong yulduzi, degan taxallus bermagan ekan.
Cho‘lpon Andijonga qaytgach, ham «Sadoyi Turkiston», ham «Sadoyi Farg‘ona» gazetalarining muxbiri sifatida faoliyat olib bordi. So‘nggi yillarda topilgan ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z oldiga o‘zbek xalqini madaniy qoloqlikdan olib chiqish vazifasini qo‘ygan shoirgina emas, balki andijonlik taraqqiyparvarlarning chor hokimiyatidan xalos bo‘lish maqsadi bilan tuzilgan yashirin tashkilotning ham a’zosi bo‘lgan. Shunday shoirning 1917-yil Fevral inqilobini katta umidlar bilan qarshi olishi, 1917-yil oktabrida Qo‘qonda tuzilgan Turkiston muxtoriyat hukumatini esa butun vujudi bilan olqishlashi tabiiy edi. Cho‘lpon Muxtoriyatning e’lon qilinishida ishtirok etibgina qolmay, uning «Ozod turk bayrami» degan madhiyasini ham yozdi.
Cho‘lpon Muxtoriyatning kuychisi edi. Shuning uchun ham 1918-yilda, Muxtoriyat tugatilgandan keyin, Farg‘ona vodiysining qonga botirilganini ko‘rgan shoir bolshevizmga qarshi nafrat bilan to‘la she’r va ocherklar yozdi. Cho‘lponning «Buzilgan o‘lkaga» singari xalqni mustamlakachi Sovet davlatiga qarshi kurashga da’vat etuvchi she’rlari uning grajdanlik (ruqarolik) jasoratini tasdiqlovchi tarix hujjatlaridir.
Odatda, Sovet davlatining qatag‘on siyosati to‘g‘risida so‘z borganda 30-50-yillarda ro‘y bergan dahshatli voqealargina ko‘z oldimizga keladi. Ammo bolsheviklar o‘zlarining xunrezlik siyosatlarini 1918-yil boshlarida Muxtoriyatning tugatilishi bilanoq boshlab yuborganlar. Shu yili Muxtoriyat rahbarlarining bir qismi qamoqqa olinishdan qochib, xorijga ketgan, qolganlari esa ta’qib ostida yashagan. 1921-yili bolshevizmga qarshi kurashish maqsadida tuzilgan «Milliy ittihod» yashirin tashkiloti (1918-1926)ning rahbarlari ilk bor qamoqqa olindilar. O‘lka bo‘ylab ta’qib va tazyiq avj oldi. 1926-1927-yillarda yana «milliy ittihodchilar» qamoqqa olinib, ta’qib etildi. 1929-1930-yillarda esa yuzlab ziyolilar, sud va prokuratura xodimlari aksilinqilobchi va millatchi unsurlar sifatida qamoqqa olindilar. Cho‘lpon singari taraqqiyparvar kishilar Davlat Siyosiy Boshqarmasi-mash’um GPUning «hushyor ko‘zlari» ostida yashashga majbur bo‘ldilar.
Cho‘lpon shunday sharoitda teatr, ma’rifat va madaniyat jabhalarida faoliyat ko‘rsatib, xalqning ko‘zlarini ma’rifat nurlari bilan yuvishga urindi. U Maorif komissarligi qoshidagi O‘lka bilim hay’atiga rais, «Buxoro axbori» gazetasiga muharrir, «Turon» teatriga direktor_yoki ,Ishtirokiyun» «Qizil bayroq» va tur-kiston» gazetalarida tahrir hay’ati a’zosi va adabiy xodim (1920- 1923-yillar) bo‘lib ishlaydimi, uning diqqat markazida xalq va mamlakat manfaati bilan bog‘liq masalalar turdi. Cho‘lponning 1922-yilda nashr etilgan «Uyg‘onish» va «Buloqlar», shuningdek, 1926-yilda e’lon qilingan «Tong sirlari» she riy to‘plamlari uning o‘z e’tiqodida qat’iy turgan, o‘z vatanining mustaqil bo‘lishini astoydil istagan shoir ekanligini yana bir bor namoyish etdi.
Cho‘lponning adabiy ijodi uch muhim tarmoqdan: she’riyat, nasr va dramaturgiyadan iborat. U avvalambor shoirdir. Ammo shu bilan birga, «Vayronalar orasidan», «Oydin kechalarda», «Qor qo‘ynida lola», «Novvoy qiz» singari ocherk va hikoyalari, «Kecha va kunduz» romani Cho‘lponning mohir yozuvchi bo‘lganidan dalolat beradi.
Jadid adabiyotining muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning namoyandalari bevosita xalq ommasi bilan muloqotda bo‘lish, unga o‘z g‘oyalarini yuqtirish, uni o‘z ortidan ergashtirish maqsadida teatr san’atidan unumli foydalanganlar. Cho‘lpon ham ustozlari izidan borib, ijodining dastlabki davridayoq dramaturgiyaga murojaat etgan, hatto ,,Turon» teatrida direktor, Moskvadagi o‘zbek drama studiyasida esa adabiy emakdosh bo‘lib xizmat qilgan. U Moskva teatrlari repertuarlarini puxta o‘rgangan va drama nazariyasi bilan yaqindan tanishgan. Cho‘lpon o‘sha kezlarda studiyachilar uchun rus va Yevropa dramaturglarining qator asarlarini tarjima qilish bilan birga, «Yorqinoy» (ilk nusxasi 1920-yilda yozilgan), «Qorovuluyqusi», «Yana uylanaman», «Uzunquloq bobo» singari pyesalarini ham yozgan. Keyinchalik uning «Mushtumzo‘r», «O‘rtoq Qarshiboyev», «Hujum» (V.Yan bilan hamkorlikda) pyesalari maydonga keldi va Cho‘lpon Hamza va Fitrat bilan birga peshqadam dramaturg sifatida shuhrat qozondi.
Cho‘lpon badiiy ijodning bu uch muhim «tarmog‘»idan tashqari, publitsistika, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik va badiiy tarjima «sohalarida ham samarali ijod qildi.Uning, ayniqsa, tarjimon sifatida olib borgan faoliyati o‘zbek adabiyotining ravnaqiga, yangi adabiy janr va shakllar bilan boyishiga katta ta’sir ko‘rsatdi. U. Shekspirning «Hamlet», A.S. Pushkinning «Boris Godunov» va «Dubrovskiy», N.V. Gogolning «Tergovchi», L. Andreyevning «Osilgan yetti kishining hikoyasi», M. Gorkiyning «Yegor Bulichev va boshqalar», «Ona» va boshqa ko‘plab asarlarning Cho‘lpon tomonidan qilingan tarjimasi badiiy madaniyatimiz xazinasiga qo‘shilgan ulkan boylik bo‘libgina qolmay, zamonaviy o‘zbek adabiy tilining shakllanishi va boyishiga ham bebaho hissa bo‘lib qo‘shildi.
Siyosiy idoralarning doimiy ta’qibi va tazyiqi, bolshevik tanqidchilarning esa zaharli «qamchi»si ostida yashagan Cho‘lpon umrining so‘nggi yillarida siyosatdan uzoqda turishga qanchalik harakat qilmasin, 1937-yilning vahshiy to‘lqini uni ham o‘z qa’riga tortdi. Endigina 40 yoshga to‘lgan Cho‘lpon 1938-yil 4-oktabrda Toshkentda otib tashlandi.

Yüklə 63,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin