1. XIX asrning 2-yarmi va XX asrning 1-choragidagi ijtimoiy muhit va madaniy hayot.
2. Milliy uygʻonish harakati va uning oʻzbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli.
3. Oʻzbek bolalar adabiyoti haqidagi fanning yuzaga kelishi.
4. O‘tgan asrning 30-40–yillaridagi o‘zbek bolalar adabiyoti.
XIX asrning 2-yarmi va XX asrning 1-choragidagi ijtimoiy muhit va madaniy hayot.
Yurtimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhit adabiyotning rivojlanishiga bevosita ta’sir qiladi. Bu bolalar adabiyotiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Badiiy adabiyot taraqqiyoti jamiyatning umimiy taraqqiyoti bilan ham uzviy bog’liq.
Milliy uygʻonish harakati va uning oʻzbek bolalar adabiyotini yuzaga keltirishdagi roli.
Milliy uyg`onish, millatning o`zligini anglash jarayoni mazkur davr adabiyotining ruhi va mazmunini tashkil qiladi. Millatning o`zligini anglash asos qilib olingan bu uyg`onish davri bolalar adabiyoti va matbuoti uchun ham poydevor bo`la oldi.
Bolalar adabiyoti tom ma`noda ma`rifatparvarlikning farzandidir.
Chunki jadidchilikning poydevori, tamal toshi usuli jadid maktabi bo`lgan. “Jadidchilik”ning asosida “jadid” so`zi yotadi. “Jadid”ning ma`nosi “yangi”-“yangi tafakkur”, “yangi inson”, “yangi avlod” singari keng ma`nolarni o`zida mujassam etgan.
O`zbek bolalar adabiyoti tarixi haqida fikr yuritilar ekan, uning ilk qadamlari XX asr boshlarida yaratilgan alifbolar, adabiyot va o`qish kitoblaridan boshlanganini alohida qayd etish lozim.