OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI
TOSHKENT DAVLAT OʻZBEK TILI VA ADABIYOTI UNIVERSITETI
Oʻzbek filologiyasi fakulteti
201-guruh talabasi _______________________________________________ning
“Oʻzbek dialektologiyasi” fanidan
“Dialektologik amaliyot ishi”
Amaliyot rahbari: ________________________
TOSHKENT-2023
I. Baxmal tumani Mog‘ol qishlog‘i / mahallasi shevasi haqida umumiy ma’lumot
1.1. Qishloq / mahalla haqida umumiy ma’lumot.
Qishloq / mahallaning geografik joylashuvi, qaysi viloyat, qaysi tuman hududiga qarashliligi, qaysi qishloq / mahallalar bilan chegaralanishi, tuman markazidan qancha uzoqlikda joylashgani, qishloq / mahallaning o‘ziga xos joylashuvi, shuningdek, qishloq / mahalladagi tarixiy obidalarning, muborak qadamjolar, ziyoratgohlarning mavjudligi.
1.2. Mog‘ol so‘zining etimologiyasi.
1. Mahalliy xalq vakillarining mazkur toponim haqidagi qarashlari, afsona va rivoyatlariga, 2. ilmiy adabiyotlarda bildirilgan fikrlarga tayaniladi. Bunda “Devonu lug‘atit turk”, O‘zbek tilining etimologik lug‘ati, O‘zbek tilining izohli lug‘ati, Ensiklopedik lug‘atlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, qishloqning nomlanish tarixi, masalan, Sobiq sho‘ro davrida undan keyingi mustaqillik yillarida va sho‘ro hukumatidan oldin qanday nomlar bilan atalganligi haqida ma’lumot.
1.2. Qishloq / mahalla aholisi haqida umumiy ma’lumot.
Qishloq / mahallaning etnik tarkibi (qaysi millat vakillari yashaydi, masalan, o‘zbek, tojik, qirg‘iz va h.k. O‘zbeklarning qaysi urug‘i vakillari istiqomat qiladi. Ular qachondan mazkur qishloqda yashay boshlagan, yoki qachon ko‘chib kelgan. Mahalliy xalqning kasb-kori (dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilik, tadbirkorlik va h.k.)
1.3. Qishloq / mahalla shevasi haqida ma’lumot. Sheva vakillaridan yozib olingan materiallarga asoslanib, mazkur qishloq / mahalla shevasining o‘zbek shevalari tasnifidagi o‘rni yuzasidan tahlil qilinadi. Demak, shevada qipchoq elementlari bo‘lsa, masalan, so‘z boshidagi j tovushi ǯ ga (jigit > ǯigit, jol > ǯol), so‘z oxiridagi γ undoshi v tovushiga (toγ > tov, boγ > bov) faqat qipchoq lahjasigagina xos leksik, morfologik birliklar qo‘llanilsa, qishloq / mahalla shevasi o‘zbek tilining qipchoq lahjasiga mansub bo‘ladi. Qishloq / mahalla shevasida turkiy tillarning muhim fonetik qonuniyatlaridan bo‘lgan singarmonizm saqlanganmi yoki yo‘q. Qisqacha izohlab ketiladi. Shuningdek, qishloqning o‘zbek shevalari tasnifidagi o‘rni qayd qilinishida yuqoridagi fonetik xususiyatlar bilan birga morfologik, leksik jihatlaridan qisqa ma’lumotlar beriladi (batafsil emas).
II. Baxmal tumani Mog‘ol qishlog‘i / mahallasi shevasi fonetik xususiyatlari
2.1. Shevaning unlilar tizimi (vokalizm)
Unlilar miqdori belgilanadi va shevada mavjud har bir unliga ta’rif beriladi. Shu o‘rinda adabiy tilga mosligi ko‘rsatib o‘tiladi. Masalan,
i (i) – indifferent, shahar shevalarida tarixan i: va ï: unlilarining birlashishi (konvergensiyasi) natijasida hosil bo‘lgan tovushni ifoda qiladi, old qator, yuqori-tor, lablanmagan unli. i ~ e mosligi adabiy tilda: eski, e’lon, ek(moq) shevada iski, i:lān, ik(maq) kabi.
2.2. Shevaning undoshlar tizimi (konsonantizm).
Undoshlar miqdori belgilanadi va mavjud har bir undoshga tavsif beriladi, adabiy tilga mosligi qayd etiladi.
b – lab-lab, jarangli, portlovchi tovush. Asosan, so‘zning boshida, o‘rtasida qo‘llaniladi: bāzar, bet, tābut, säbäp. So‘z oxirida esa, p tovushiga o‘tadi va unli bilan boshlanuvchi affiks qo‘llanilganda b tovushiga o‘zgaradi.
2.3. Shevadagi fonetik qonuniyatlar.
Singarmonizm (singarmonizm saqlanganmi? Saqlangan bo‘lsa qaysi turi keng tarqalgan: labial, palatal. Singarmonizmning buzilish holatlari haqida ma’lumot beriladi.
Umlaut.
Diftong (diftongning qaysi turlari mavjud?).
2.4. Shevadagi fonetik jarayonlar.
Assimilatsiya, dissimilatsiya, sandhi, spirintizatsiya, sponton o‘zgarishlar, metateza, eliziya, reduksiya, geminatsiya.
Unlilar cho‘ziqligi bormi? Bo‘lsa qaysilar? Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi.
Tovush mosligi.
III. Baxmal tumani Mog‘ol qishlog‘i / mahallasi shevasi grammatik xususiyatlari
3.1. Son kategoriyasi. Ko‘plik affikslarining qo‘llanilishi.
3.2. Shevada egalik kategoriyasining qo‘llanilishi (I, II, III shaxs).
3.3. Shevada kelishik kategoriyasining qo‘llanilishi (qaratqich, tushum, jo‘nalish, o‘rin-payt, chiqish).
3.4. Sonning ma’no turlarini hosil qiluvchi affikslar (tartib, sanoq, chama, taqsim, jamlovchi, dona).
3.5. Olmosh turlari (kishilik, o‘zlik, so‘roq, gumon, belgilash, bo‘lishsizlik, ko‘rsatish).
3.6. Shevada fe’lning funksional shakllarining qo‘llanilishi (sifatdosh, ravishdosh, harakat nomi).
3.7. Shevada tuslovchi affikslarning qo‘llanilishi (I, II, III tip).
3.8. Shevada zamon affikslarining qo‘llanilishi (o‘tgan, hozirgi, kelasi).
IV. Baxmal tumani Mog‘ol qishlog‘i / mahallasi shevasi leksik xususiyatlari
1. Qarindoshlik terminlarining qo‘llanilishi
2. Shevada o‘zidan katta notanishlarga nima deb murojaat qilinadi.
3. O‘zidan kichik notanishlarga nima deb murojaat qilinadi.
4. Qaynota, qaynona kelinini nima deb chaqiradi? Yangi kelin qayinegachi, qayni va qayni singillariga ism qo‘yadimi? Qanday ismlar? Misollar yozing.
5. Qushlar, parrandalar nomlari.
6. Sabzavot va poliz nomlari.
7. O‘simlik va hayvonot nomlari.
8. Oshxona jihozlari nomi.
9. Kiyim va uning qismlari nomi.
V. Sheva materiallaridan namunalar. (5 tadan 10 tagacha transkripsiyada yozilgan matn beriladi)
Dostları ilə paylaş: |