O‘zbek filologiyasi fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi va tadqiq usullari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/29
tarix16.10.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#156279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
z.murodova

Bitiruv malakaviy ishining metodologik asosi va tadqiq usullari. 
Milliy istiqlol mafkurasining shakllanishi, ma’naviyat bobidagi jiddiy 
o’zgarishlarning yuzaga kelishida milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyotining 
ham o’ziga xos o’rni bor. Mavzuni tadqiq etishda, belgilangan masalalarni 
yoritishda Prezident Sh.Mirziyoyev asarlari va nutqlaridagi milliy ma’naviy 
merosni o‘rganishga doir ko‘rsatmalardan, mustaqillikning g’oyaviy asoslari, 
milliy mafkura masalalariga bag’ishlangan dasturiy ahamiyatga molik hujjat va 
asarlardan bitiruv malakaviy ishga metodologik asos sifatida foydalanildi.
Shuningdek, bitiruv malakaviy ishda o’zbek adabiyotshunoslaridan 
A.Qayumov, B.Qosimov, A.Jalolov, U.Dolimov, N.Rahmonov, N.Jabborov, 
B.Karimov, U.Jo‘raqulov kabi olimlarning nazariy va metodologik qarashlariga 
hamda ularning tadqiqotlaridagi ilg‘or tajribalar va yutuqlarga tayanildi.
 
 Bitiruv malakaviy ishning natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati.
Bitiruv malakaviy ish mavzuni o'rganish jarayoni orqali badiiy so'z san'atida, 
xususan, milliy uyg‘onish davri adabiyotida Xislat ijodining muhim o'rni 
borligi haqida ilmiy-amaliy tushuncha hosil qilindi. Bitiruv malakaviy 
ishimizning mavzusi o'rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari muhim o'rin tutadi. 
Chunki, o'rta maxsus va oliy o‘quv yurtlarida milliy uyg‘onish davri adabiyoti 
va uning o‘ziga xos xususiyatlari, davr ijodkorlarining uslubiy qirralari, 



ijodkorlar qo‘llagan mavzular doirasi haqida nisbatan keng nazariy ma’lumotlar 
o'qitiladi. Bitiruv malakaviy
 
ishida tahlil ob`yektiga tortilgan adabiy material 
hamda bayon etilgan ilmiy-nazariy xulosalardan, umumlashtiruvchi fikrlardan
milliy uyg‘onish davri adabiyoti tarixini kengaytirishda, oliy o’quv yurtlarining 
filologiya fakulteti talabalari, o’rta maxsus ta`lim tizimi hamda akademik 
litseylarning yuqori kurslar talabalari uchun tanlov va ixtisoslik mashg’ulotlari 
o’tishda foydalanish mumkin. Shuningdek, tadqiqot materiallari va ilmiy 
kuzatishlar shoir ijodiga bag’ishlangan risola, qo’llanma hamda monografiyalar 
yaratishda, adabiy portret yaratishda manba bo’lib xizmat qiladi.

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin