O'zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan jamiyatimizning ulug' maqsadlar sari safarbar etadigan qadratli kuch



Yüklə 257,03 Kb.
səhifə3/4
tarix16.12.2022
ölçüsü257,03 Kb.
#75535
1   2   3   4
O\'ZBEK TILI DAVLAT TILI SIFATIDA XALQIMIZNI BIRLASHTIRADIGAN JAMIYATIMIZNING ULUG\' MAQSADLAR SARI SAFARBAR ETADIGAN QADRATLI KUCH

uch oy muddatda:
Oʻzbek tili bayrami kuni”ni belgilash boʻyicha qonun loyihasini;
Davlat tili haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bugungi kun talablari nuqtayi nazaridan takomillashtirgan holda uning yangi tahrirdagi loyihasini ishlab chiqsin va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin;
b) ikki oy muddatda xorijiy davlatlar tajribasini chuqur oʻrgangan holda ilmiy asoslangan yangi soʻz va atamalarni rasmiy isteʼmolga kiritish boʻyicha Atamalar komissiyasini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solish toʻgʻrisida qaror qabul qilsin;
v) 2020-yil 1-iyunga qadar quyidagi asosiy yoʻnalishlarni oʻz ichiga olgan 2020 — 2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi va davlat dasturi loyihalarini kiritsin:
mamlakatimiz ijtimoiy hayotining barcha sohalarida, jumladan, davlat boshqaruvi, zamonaviy va innovatsion texnologiyalar, sanoat, bank-moliya tizimi, huquqshunoslik, diplomatiya, harbiy ish, tibbiyot va boshqa sohalarda davlat tilining imkoniyatlaridan toʻliq va toʻgʻri foydalanishga erishish;
taʼlim muassasalarida davlat tilini oʻrgatish va uni bilish darajasini baholash tizimini yanada takomillashtirish, davlat tilining ilm-fan tili sifatidagi nufuzini oshirish;
davlat tili sofligini saqlash, uni boyitib borish va aholining nutq madaniyatini oshirish;
davlat tilining axborot va kommunikatsiya texnologiyalari, xususan, Internet jahon axborot tarmogʻida munosib oʻrin egallashini taʼminlash, oʻzbek tilining kompyuter dasturlarini yaratish;
davlat tili qoidalarining buzilishi bilan bogʻliq holatlarni muntazam va har tomonlama oʻrganish, ularni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish;
mamlakatimiz hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlar tillarining rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratish, ularga davlat tilini oʻrganish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berish;
davlat tilining xalqaro miqyosdagi oʻrni va nufuzi, uning boshqa tillar bilan aloqalari istiqbollarini belgilash, xorijda istiqomat qiluvchi vatandoshlar va oʻzbek tilini oʻrganish istagida boʻlgan chet el fuqarolari uchun oʻzbek tili darsliklari va elektron dasturlarni ishlab chiqish va ularni keng miqyosda tarqatish, oʻzbek tilini oʻrgatish boʻyicha maxsus kurslarni tashkil etish.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z. Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Dunyodagi qadimiy va boy tillardan biri bo‘lgan o‘zbek tili xalqimiz uchun milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli, bebaho ma'naviy boylik, buyuk qadriyatdir.
Muhtaram Yurtboshimiz aytganlariday, “...kimda-kim o‘zbek tilining bor latofatini, jozibasi va ta'sir kuchini, cheksiz imkoniyatlarini his qilmoqchi bo‘lsa, munis onalarimizning allalarini, ming yillik dostonlarimizni, o‘lmas maqomlarimizni eshitsin, baxshi va hofizlarimizning sehrli qo‘shiqlariga quloq tutsin”.
Ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz aynan ona tilimiz orqali jahonga o‘z so‘zini aytib kelganlar. Shu tilda buyuk madaniyat namunalarini, ulkan ilmiy kashfiyotlar, badiiy durdonalar yaratganlar. Jasur va matonatli xalqimiz har qanday og‘ir sinovli kunlarda ham o‘z ozodligi va istiqloli uchun mardona kurashib keldi, o‘z ona tilini — milliy g‘ururini saqlab qoldi.

Ushbu qutlug‘ bayramni nishonlar ekanmiz, avvalo, 1989-yil 21-oktabr sanasini – “Davlat tili haqida”gi qonun qabul qilingan kunni eslashimiz o‘rinlidir.
O‘zbek tili davlat tili sifatida xalqimizni birlashtiradigan, jamiyatimizni ulug‘ maqsadlar sari safarbar etadigan qudratli kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Ayni vaqtda u O‘zbekistonning davlat mustaqilligi sari qo‘yilgan birinchi dadil qadamlardan edi. Bu qonun xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilash yo‘lidagi azmu qarorining yorqin namoyoni bo‘ldi. Oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi aynan ona tilimizda jahonga e'lon qilindi. Qolaversa, mamlakatimizning Asosiy qonuni — Konstitutsiyamizning o‘zbek tilida yaratilishi uning nufuzini yanada yuksaltirdi. Shuningdek, ko‘plab xalqaro maydonlarda ona tilimizda yangrayotgan Davlat madhiyasi ham qalblarimizda Vatan tuyg‘usini jo‘sh urdiradi.
Barchamizga yaxshi ayonki, ona tili — millat ma'naviyatining mustahkam poydevoridir. Ulug‘ ma'rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniy ta'kidlaganidek, 
Yüklə 257,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin