O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə34/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

1.So’z yasovchi qo’shimchalar bilan ot, sifat, fe’l, ravish turkumiga oid so’zlar yasaladi: ishchi, aqlli, ishla, yashirin. Olmosh, son va yordamchi so’zlar yasalmaydi.
2.So’zlarni qo’shib, juftlab so’z yasashda qo’shma va juft so’zlar yasaladi: qora+mol-qoramol, ko’z+oynak-ko’zoynak, idish – tovoq, apil – tapil, unda- bunda.
Birdan ortiq so’zning birikishidan yasalgan so’zlar qo’shma so’z deyiladi: choyquti, gultojixo’roz, sotib oldi, himoya qildi, biroz, rahmdil. Ikkita so’zning juftlanishidan yasalgan so’zlar juft so’zlar deyiladi: birin – ketin, qovun – tarvuz, omon – eson.
3.So’zlar qisqartirib qo’shish yo’li bilan ham yasaladi. Bularqisqartmaso’z deyiladi. Qisqartirib so’z yasash faqat otlarda uchraydi: elektron hisoblash mashinasi- EHM, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi – MDH.
4.So’zlarning bir turkumdan boshqa turkumga ko’chish yordamidaso’z yasalishi: sifat va fe’l otga, son ravishga o’tadi: o’g’il bola (o’g’il – sifat) O’g’li keldi (otga o’tgan). U soat birga (son) keldi. Akasi bilan birga (ravish) keldi. O’quv, yozuv, qurilish (fe’l otga o’tgan). Boshqa turkumga ko’chgan so’zning ma’nosi va gapdagi vazifasi ham o’zgaradi.
5.So’zlarni takrorlash yordamida so’z yasalishi - bunda so’zlar takrorlanib yangi so’zlar yasaladi: paq-paq (o’yin), tur – tur (turish), bip-bip (avtobus), pat – pat (motosikl), xola- xola (o’yin), manman, yo’l – yo’l (rang), es – es (zo’rg’a).
O’zbek tilida so’zlar tuzilish jihatidan quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Sodda so’zlar. Sodda so’zlar 2 xil bo’ladi: tub so’z, yasama so’z. Tarkibida so’z yasovchi qo’shimcha bo’lmagan sodda so’zlar tub so’z deyiladi: kitoblar, ko’proq, pishdi, yaxshiroq. So’z yasovchi qo’shimcha qo’shilishi bilan yasalgan sodda so’zlaryasama so’z deyiladi: uzumzor, ishchi, oqla. Yasama so’z o’zak va yasovchidan iborat bo’ladi: bil+im, ish+chi.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin