1.Mustaqil so`z turkumlari-lug`aviy ma`noga ega bo`lib, morfologik jihatdan o`zgaradigan, gap ichida ma`lum sintaktik vazifa bajaradigan so`zlardir. Bu guruhga ot, sifat, son, olmosh, fe`l, ravish kiradi.
2.Yordamchi so`zlar turkumiga mansub so`zlar yakka holda ma`no anglatmaydi, gap bo`lagi bo`la olmaydi, grammatik ma`nolarni ifodalashga xizmat qiladigan so`zlardir. Ular mustaqil so`zlar va ayrim gaplar o`rasidagi munosabatni anglatishga xizmat qiladi, so`zga va gapning mazmuniga turli qo`shimcha ma`nolar qo`shadi. Yordamchi so`zlarga ko`makchi, bog`lovchi, yuklama kiradi.
3.Alohida olingan guruh so`zlar – lug`aviy ma`no bildirmaydigan, lekin ba`zan gap bo`lagi vazifasini bajaradigan so`zlardir. Bularga modal so`zlar, undov so`zlar, taqlil so`zlar kiradi.
Demak, o`zbek tilida 12ta so`z turkumi mavjud.
Tayanch so`zlar: grammatika, morfologiya, sintaksis, so`z turkumlari, mustaqil, yordamchi, alohida.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Grammatika nimani o`rgatadi?
2. Morfologiya nimani o`rgatadi?
3. Sintaksis nimani o`rgatadi?
4.So`z turkumlari deganda nima tushunasiz?
5. O`zbek tilida nechta so`z turkumi bor?
Topshiriqlar
1-topshiriq:O’qing. Rus tiliga tarjima qiling.
Hadislardan namunalar
1.Ilmning ofati unutishdir. Uni noahil kishiga gapirish esa uni zoye qilishdir.
2.O’zing yaxshi ko’rgan narsangni o’zgalarga ham yaxshi bil.
3.Agar biror yomonlik qilsang, ketidanoq yaxshilik qil.
4.Kimki g’azabi kelsa, jim bo’lsin.
5.Kechirimli bo’linglar, shunda sizlarga ham kechirimli bo’lishadi.
6.Olim bo’l (ilm beruvchi bo’l) yoki ilm o’rganuvchi bo’l, yoki tinglovchi bo’l, yoki ilmga va ilm ahliga muhabbatli bo’l. Beshinchisi bilimsiz bo’lma, halok bo’lasan.
7.Uzr aytishga majbur qiluvchi ishlarni kamaytiringlar.
8.Odamlar orasini buzadigan chaqimchilikdan saqlaninglar.
2-topshiriq: Тez aytishlarni o’qing va rus tilidagi muqobilini toping.
1.Botir botmas botqoqqa,
Bobur qo’ymas botmoqqa.
2.Sapura supadagi ko’rpacha yoniga supracha yozdi.
Dostları ilə paylaş: |