O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə38/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

3-topshiriq:
Suhbat
- Darsdan keyin nima qilmoqchisan?
- Darsdan keyin bozorga boraman.
- Biror nima xarid qilmoqchimisan?
- Ha, ertaga biznikiga mehmonlar kelishadi. Shunga ho’l mevalar sotib olishim kerak.
- Qaysi bozorga borasan?
- Oloy bozoriga boraman. U yerda mevalar ko’p. Тanlash imkoniyati bor. Sen-chi, sen nima qilasan?
- Men darsdan keyin buvimnikiga boraman. Bugun amakimning tug’ilgan kuni.


4-topshiriq:Berilgan maqollarning rus tilidagi muqobilini toping. Ularni yod oling.
1. Boshga balo tildan.
2. Yaxshi gapga ilon inidan chiqar, yomon gapga pichoq qinidan.
3. Bekorchidan el bezor.
4. Yigit so’zidan, arslon izidan qaytmaydi.
20-mavzu: Ot va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
1. Ot mustaqil so`z turkumi.
3. Otning ma`no jihatdan turlari.
4. Otlarning tuzilish jihatdan turlari.
5. Ot mustaqil so`z turkumining grammatik xususiyatlari.

Shaxs, narsa ma’nolarini, shuningdek joy nomlarini bildirib, kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘ladigan so‘zlarotdeyiladi.


Kim? so‘rog‘i shaxsni bildiruvchi so‘zlarga; nima? so‘rog‘i narsa - buyumni bildiruvchi so‘zlarga; qayer? so‘rog‘i joy nomini bildiruvchi so‘zlarga beriladi. Shunga ko‘ra otlar shaxs otlari, narsa - buyum otlari, o‘rin -joy otlariga bo‘linadi. Masalan: olma, bulut, do‘ppi;qiz, chol, Qo‘zivoy; qishloq, guzar, Toshkent.
Otlar egalik va kelishik qo’shimchalari bilan qo’llanadi, birlik va ko’plikda ishlatiladi.
Otlar sifat o’rnida qo’llanishi mumkin: asfalt yo’l, oltin bilaguzuk, temir sandiq.
Otlar gapda bosh bo’lak, ikkinchi darajali bo’lak, shuningdek, undalma bo’lib keladi: Onamparrandachilik fermasida ishlaydi.Bugungi ishniertaga qo’yma! Bolalar, ko’cha harakati qoidalariga rioya qiling!
Otlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma, juft va takroriy otlarga bo‘linadi.
Sodda otlar faqat bir asosdan tarkib topgan otlardir: ishlarimiz,kо‘chadagi, о‘roq.
Sodda otlar tub va yasama bo‘ladi.
Tarkibida so‘zyasovchi qo‘shimchasi bo‘lmagan otlar sodda tub otlardir: tilimiz, bolalar, kitob.Morfologik usul bilan (so‘z yasovchi qo‘shimchalar yordamida) yasalgan otlar sodda yasama otlardir: ekin,supurgi, aravakash.
Qo‘shma otlar ikki yoki undan ortiq asosdan tarkib topgan otlardir: kungaboqar, beshbarmoq, qo‘lqop, boychechak. Qo‘shma otlar qo‘shib yoki ajratib yoziladi:
• ikki va undan ortiq asosdan tarkib topgan turdosh otlar doim ajratib yoziladi: laylakqor, olibsotar, tillaqosh, atirgul;
• ikkinchi qismi turdosh otdan bo‘lgan atoqli otlar qo‘shib yoziladi: Oltiariq, Yangibozor, Surxondaryo;
• ikkinchi qismi atoqli otdan bo‘lg an qo‘shma otlar ajratib yoziladi: O‘rta Osiyo, G‘arbiy Yevropa, O‘rta Chirchiq.
Juft otlar ikkita otning juftlashuvidan hosil bo‘ladi va chiziqcha bilan yoziladi: kitob-daftar, ota-ona, temir-tersak, ot-ulov,orzu-armon, gap-so ‘z
Takroriy otlar otni aynan yoki tovush o‘zgarishi bilan takrorlash orqali hosil qilinadi. Takroriy otlar chiziqcha bilan ajratib yoziladi: savat-savat, dasta-dasta, qovun-povun, uy-puy.
Otlar ma’no jihatidanturdosh va atoqliotlarga bo’linadi.
Bir turdagi predmetlarning umumiy nomini bildirgan otlar turdosh ot deyiladi: shahar, odam, maktab.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin