Kuchaytirma sifatlar o’zakdan anglashilgan rangning, belgining ko’pligini, ortiqligini bildiradi va quyidagicha hosil qilinadi:
1.Sifatlarning bosh qismi p va mtovushlaridan biri bilan takrorlanadi: qizil – qip- qizil, ko’k- ko’m –ko’k. Bunday sifatlar chiziqcha bilan yoziladi. (oppoq sifati qo’shib yoziladi).
2.Sifatlarning birinchi bo’g’ini keying bog’inining birinchi undosh tovushi bilan birga takrorlanadi. Bu sifatlar ham chiziqcha bilan yoziladi: butun –but- butun, dumaloq – dum – dumaloq.
3.Sifatdan oldinto’q, jiqqa, tim, g’irtkabi so’zlarni keltirish bilan. Bunday sifatlar ajratib yoziladi: jiqqa ho’l, tim qora.
Tayanch so`zlar: sifat, daraja, oddiy, orttirma, qiyosiy, ozaytirma, kuchaytirma.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Sifatlarda daraja kategoriysi deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatlarda ozaytirma daraja deganda nimani tushunasiz?
3. Sifatlarda kuchaytirma daraja deganda nimani tushunasiz?
Topshiriqlar
1-topshiriq: Berilgan sifatlarni qiyosiy va orttirma daraja shaklida yozib chiqing. Ulardan so’z birikmalari hosil qiling.
Chiroyli, kuchli, ulug’, buyuk, eski, pishiq, rahmdil, katta.
Namuna: chiroyli-chiroyliroq-eng chiroyli. Chiroyli qiz, chiroyli ko’ylak.
2.topshiriq: Do’stingizning xususiyatlarini taqqoslang va jadvalni to’ldiring.
25-mavzu: Sifat va uning darajalari
Reja:
1.Sifat darajalari haqida ma’lumot.
2.Sifat yasalishida yasovchi qo’shimchalarning ahamiyati.
Predmetlardagi bir xil belgining ortiq – kamligi jihatidan farqlanishi sifat darajasi deyiladi. Sifatlarning uch xil darajasi bor: orttirma daraja, qiyosiy daraja, ozaytirma daraja.
Dostları ilə paylaş: |