Olmoshlarning ma’no turlari
Kishilik olmoshlarishaxsni bildiradigan quyidagi olmoshlardir: men, sen, u, biz, siz, ular. Kishilik olmoshlari otlar kabi turlanadi. Qaratqich, tushum kelishigi hamda –nikiqo’shimchasi qo’shilganda, men, sen olmoshlaridagi bir n tushib qoladi: me..ning, se..niki, se..ni. U kishilik olmoshiga jo’nalish, o’rin –payt, chiqish kelishigi qo’shimchalari qo’shilganda, bir norttiriladi: unga, unda, undan. Bu olmoshlarga egalik qo’shimchalari deyarli qo’shilmaydi.
O’zlik olmoshinarsa –buyumni aniqlab yoki ta’kidlab ko’rsatish uchun ishlatiladigan o’z so’zidir. Bu olmosh narsa –buyumning shaxsga xosligini, tegishliligini yoki shaxsning tanholigini bildiradi: o’z uyi, o’z ukasi.
O’zlik olmoshi egalik qo’shimchasini olib, uchala shaxs kishilik olmoshi o’rnida ham ishlatiladi: o’zim –men, o’zing –sen, o’zi –u.
O’zlik olmoshi turlanganda kelishik qo’shimchalaridan oldin egalik qo’shimchalari bo’lishi shart: o’ziga, o’zingdan va b.
Ko’rsatish olmoshlari narsa –buyumni, kimsani ko’rsatish uchun ishlatiladigan olmoshlardir: u, bu, shu, o’sha, ana, mana, ana shu, mana bu.
Kishilik olmoshi ubilan ko’rsatish olmoshi u ni gapdagi ma’nosiga qarab farqlash mumkin. Bunda u kishilik olmoshi kim? so’rog’iga, ko’rsatish olmoshi uesa qaysi? so’rog’iga javob bo’ladi. U, bu, shu, o’sha olmoshlari jo’nalish, o’rin –payt, chiqish kelishiklarida turlanganda yoki ularga –day, -cha qo’shimchalari qo’shilganda, qo’shimcha oldidan bir n tovushi orttiriladi: unga, bunga, shunday, o’shanday, uncha.
Tayanch so`zlar: olmosh, grammatik, xususiyat, ma`no, kishilik, so`roq, o`zlik, belgilash, gumon, bo`lishsizlik.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Olmosh mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
2. Olmoshning qanday grammatik xususiyatlari mavjud?
3. Olmoshningqanday ma`no turlari bor?
4.Olmoshning qaysi ma’no turlari turlanadi?
Dostları ilə paylaş: |