O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti


-mavzu:Fe`l va uning grammatik xususiyatlari



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə57/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

31-mavzu:Fe`l va uning grammatik xususiyatlari
Reja:
1.Fe`l mustaqil so`z turkumi
2.Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari
3.Fe’llarning yasalishi
4.Bo’lishli va bo’lishsiz fellar
5.O`timli-o`timsiz fe`llar.

Predmetning harakatini bildiribnima qildi? nima qilyapti?nima


qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’lgan so’zlargafe’ldeyiladi.

Fe’llarning tuzilishiga ko’ra turlari
1.Sodda fe’llar-bir o’zakdan iborat bo’ladi:kel, yur, ishla.
2.Qo’shma fe’llar-ikki felning qo’shaloq kelishidan hosil bo’ladi:sotib oldi, olib keldi.
3.Juft fe’llar-ikki felning qo’shaloq kelib, yozuvda chiziqcha orqali yozilishidir: kirmadi-qo’ydi, aytdi-qo’ydi, gapirdi-qo’ydi.
4.Takroriy fe’llar bir fe’lning takrorlanib, yozuvda chiziqcha orqali yozilishidir:: o’qidi-o’qidi, yozdi-yozdi, ko’ra-ko’ra, yig’lay-yig’lay.
Fe’llarning yasalishi
Fe’llar ikki usul bilan yasaladi: 1. Fe’l yasovchi qo’shimchalar bilan: ishda, ko’kar. 2. So’zlarni bog’lab qo’shish bilan: e’lon qildi, borib keldi, sotib oldi, himoya qildi, javob berdi.
Yasovchi qo’shimchalar bilan fe’l yasash
Bu usul bilan fe’l bo’lmagan so’zlardangina fe’l yasaladi.
-laqo’shimchasi fe’ldan bo’shqa deyarli barcha so’z turkumlaridan fe’l yasaydi: ishla, oqla, sekinlamoq, shivirla, chuhlamoq, senlamoq.
-dan, -lash qo’shimchalari ot, sifat va ravishlardan fe’l yasaydi; faxrlandi, ikkilandi, ko’maklashdi, suhbatlashdi.
-illaqo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: chirqilla, chirilla, taqilla.
-ira qo’shimchasi taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: yarqiradi, yaltiradi.
-a qo’shimchasi ot, sifat va taqlidiy so’zlardan fe’l yasaydi: tuna, bo’sha, guldura, o’yin-o’yna.

Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin