O’zbek tili o’zbekiston respublikasi davlat arxitektura va qurilish qo’mitasi toshkent arxitektura – qurilish instituti



Yüklə 1,9 Mb.
səhifə59/122
tarix08.06.2023
ölçüsü1,9 Mb.
#126768
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122
O`zbek tili-0`quv qo`llanma

Bo’lishsiz fe’llar- fe’l negiziga ma qo’shimchasini qo’shish, fe’llardan keyin emas, yo’q so’zlarini keltirish, fe’llardan oldin na inkor yuklamasini keltirish yoki ohang yordamida hosil qilinadi. Yozmadi,yozgan emas,yozgani yo’q. Na yozdi, na o’qidi. Boradi, boradi-ya (bormaydi)
O’timli va o’timsiz fe’llar
O’timli fe’llar tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana oladigan fe’llardir:o’qidi (kitobni), yozadi (xatni).
O’timsizfe’llar esa tushum kelishigidagi so’zlarga bog’lana olmaydigan fe’llardir: yugurdi, bordi, turdi, o’tirdi, keldi.



Tayanch so`zlar: fe`l, ish–harakat, holat, bajaruvchi, shaxs, narsa,bo’lishli,bo’lishsiz,o’timli,o’timsiz.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Fe`l mustaqil so`z turkumi haqida nimalarni bilasiz?
Fe’llarning tuzilishiga ko’ra qanday turlari bor?
Fe’llar qanday usullar yordamida yasaladi?
4. Bo`lish-bo`lishsiz fe`llar deganda nimani tushinasiz?
5. O`timli-o`timsiz fe`llar deganda nimani tushinasiz?
Topshiriqlar
1-topshiriq:Lug’atdan foydalanib fe’llarni tarjima qiling. Ular ishtirokida gaplar tuzing.
So’ramoq, kelmoq, olib kelmoq, kutmoq, topmoq.
2- topshiriq: O’zbek tiliga tarjima qiling.
1.Выполнить задание. 2. Выучить правило. 3. Запомнить новые слова. 4. Перевести статью. 5.Знать употребление слов. 6. Ответить на вопросы.
3- topshiriq:Nuqtalar o’rniga mos fe’llarni qo’yib gaplarni ko’chiring.
1.O’qimoq - ... 2. Bilim ... – har bir insonning burchi. 3. Vatanni ... – iymondandir. 4. Malakali mutaxassis bo’lib ... – orzumiz. 5. Vatanga ... har bir fuqaroning burchi.
Fe’llar: munosib bo’lish, olish, yuksalmoq, sevmoq, yetishish.


33-mavzu: Fe’llarning tuslanishi va fe`l nisbatlari
Reja:
1.Fe’llarning tuslanishi
2.Fe`l nisbatlari tushinchasi.
3.Aniqlik va o`zlik nisbati.
4.Majhullik va birgalik nisbati.
5.Orttirma nisbati

Fe’llar birlik va ko’plikda bo’ladi. Birlik harakatining bir kishi tomonidan, ko’plik esa birdan ortiq kishi tomonidan bajarilganini bildiradi.


Fe’llarda uch shaxs bor:1-shaxs harakatining so’zlovchi tomonidan,2-shaxs harakatning tinglovchi tomonidan, 3-shaxs harakatning o’zga (boshqalar) tomonidan bajarilganini bildiradi.
Fe’lning shaxs-son qo’shimchalarini olib o’zgarishi tuslanishdeyiladi.
Fe’llardagi shaxs-son qo’shimchalarituslovchi qo’shimchalarham deyiladi.




Yüklə 1,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin