O`zbek tili tarixini davrlashtirish
Turkiy tillarni tasniflash taraqqiyot tarixini davrlashtirish bilan bog`liq ravishda o`zbek adabiy tili tarixi ham olimlar tomonidan turlicha davrlashtirilgan. Jumladan, S.E.Malov o`zbek adabiy tili tarixini uch davrga bo`lib o`rganadi:
Uyg`ur adabiy tili
Chig`atoy adabiy tili
Uyg`ur adabiy tili
Bu davrlashtirishga ko`ra hozirgi o`zbek adabiy tili chig`atoy adabiy tilidan kelib chiqqqan. Chig`atoy (eski o`zbek) adabiy tili esa o`z navbatida o`yg`ur adabiy tilidan kelib chiqqan.
A.N. Samoylovich o`zbek adabiy tilining tarixini uch davrga bo`ladi:
Qoraxoniylar davri adabiy tili (X-XI). Bu davr koraxoniylar davlatida shakllangan va keng qullangan sharqiy turkiy adabiy til va shu tilda yoziladigan asarlar bilan ajralib to`radi.
O`g`iz- qipchoq adabiy tili (XII-XX asrlar). Bu davr Xorazmda o`g`iz-qipchoq dialekti negizida rivojlangan g`arbiy turkiy adabiy til hamda bu erda yaratilgan asarlar bilan bog`langan.
o`rta Osiyo turkiy adabiy tili (XIV-XX asrlar). Bu davr tili shu asrlar davomida turkiy- eski o`zbek adabiy tilida yaratilgan asarlar bilan bog`langan. Hozirgi o`zbek adabiy tili esa O`rta Osiyo turkiy adabiy tilining davomi deb qaraladi.
A.M.Shcherbak o`zbek adabiy tili tarixini to`rt davrda bo`lib o`rganadi:
O`zbek adabiy tilining eng qadimgi davri (X-XIII asrlar). Bu davr asosan sharqiy turkiy adabiy til hamda ma`lum darajada g`arbiy turkiy adabiy til bilan bog`langan.
O`zbek adabiy tilining o`rta –«Chig`atoy» tili davri (XIV-XVII asrlar). Bu davr tili asosan eski o`zbek adabiy tili hamda shu tilda yozilgan asarlar bilan bog`langan.
O`zbek adabiy tilining yangi davri (XVII-XYIII asrlar). Bu davr xonliklar davri adabiy tillini qamrab oladi.
O`zbek adabiy tilining eng yangi davri(XIX-XX asrlar).
O.Usmonov o`zbek adabiy tilining tarixini besh davrga bo`ladi:
Qadigi turkiy tili davri (VI-IX asrlar)
Qadigi o`zbek tili davri (IX-XIIasrlar)
Eski o`zbek tilining ilk davri.(XIII-XIV asrlar)
Eski o`zbek tili (XIV-XIX asrlar)
Hozirgi zamon o`zbek adabiy tili.
G.Abduraxmonov o`zbek adabiy tili tarixini quydagicha davrlashtiradi.
eng qadimgi turkiy til (VII asrgacha bo`lgan davr).
Qadimgi turkiy til (VII-XI asrlar)
Eski turkiy til (XI-XIII asrlar)
Eski o`zbek adabiy tili.(XIV-XIX asrlar)
Yangi o`zbek adabiy tili (XIX-XX asrlar)
Hozirgi zamon adabiy tili.
Yuqorida bildirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagicha davrlashtirish mumkin:
Qadimgi turkiy adabiy til davri(VII asrdan-XIII
asrgacha)
Eski o`zbek adabiy tili davri (XIII-XIX asrlar)
Hozirgi o`zbek adabiy tili davri (XIX-XX asrlar)
ADABIYOTLAR:
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. Toshkent, «O`qituvchi» nashriyoti, 1982.
Abduraxmonov G`., Rustamov A. Navoiy tilining grammatik xususiyatlari. Toshkent, «Fan» nashriyoti, 1984.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnika Bilge-kagana. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1966.
Aydarov G. Yazik orxonskogo pamyatnikov drevnetyurkskoy pismennosti VIII veka. Alma-Ata, Izd-vo «Nauka», 1971.
www.ziyonet.uz
Dostları ilə paylaş: |