II.O'tgan mavzuni so'rash: 1.Gap bo'laklari deb nimaga aytiladi?
2.Ega deb nimaga aytiladi?
3.Kesimning gapdagi o'rni haqida gapiring.
4.Fe'l kesim va ot kesimlarga misol keltiring.
5.Hol deb nimaga aytiladi?
6.To'ldiruvchiga ta’rif bering.
7.Men bu kitobni ukam uchun oldim. Ushbu gapdagi to’ldiruvchini aniqlang.
Uyga vazifani o'qitish.
II.Yangi mavzu bayoni: Bu mavzu undalmaning o‘rni va unda ishlatiladigan tinish belgilari haqidagi nazariy ma'lumotlar bilan shaklan bir xil. Shu bois, undalmaning gapdagi o‘rni va tinish belgilari haqidagi ma'lumotlarni takrorlab olish kerak. Bu faqat sinov uchungina bo‘lmay, balki mazkur ikki hodisaning o‘xshash va farqli tomonlarini anglatish uchun ham zarurdir. Kirish so’zlar gapning turli o’rinlarida qo’llanila oladi.Yozuvda gap boshida kelganda kirish so’zdan keyin,o’rtasida kelganda kirish so’zning har ikki tomonidan ,gap oxirida kelganda esa kirish so’zdan oldin vergul bilan yoziladi. Quyidagi jadval o’quvchilar e’tiboriga havola etiladi.