O`zbek tili va adabiyoti fakulteti 612-22-203-guruh talabasi Siddiqov Ro`ziqul



Yüklə 47,98 Kb.
səhifə1/2
tarix16.12.2023
ölçüsü47,98 Kb.
#180816
  1   2
XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING ME\'YORIY ASOSLARI



XALQARO BAHOLASH DASTURLARINING ME'YORIY ASOSLARI
Jizzax davlat pedagogika universiteti
O`zbek tili va adabiyoti fakulteti
612-22-203-guruh talabasi
Siddiqov Ro`ziqul
Annotatsiya: Mazkur maqolada xalqaro baholash dastur talablari va ta`lim tizimiga joriy etish tamoyillari haqida so`z yuritish bilan birga, PISA, PIRLS xalqaro baholash dasturlarining muhim belgilari xorijiy olimlar fikrlariga, ilmiy-tadqiqot ishlariga tayangan holda ochib berilgan.
Kalit so’zlar: xalqaro baholash dasturlari, PISA, PIRLS, xorijiy tajribalar, ta`lim sifatini baholash milliy markazi, kasbiy kompetentlik, o`qish savodxonligi, tushunish darajasi, ta`lim tizimi.
So'nggi yillarda yurtimizda yuz berayotgan keskin yangilanish va tub o`zgarishlar insoniyat hayotidagi barcha sohalarni globallashuv va integratsiyalashuv jarayonlari nuqtai nazaridan yangicha qarashlar, tushunchalar va munosabatlar bilan qayta ko`zdan kechirishni taqazo etmoqda. Hozirgi kunda butun dunyo bo`ylab har bir sohada globallashuv va integratsiya jarayonlari o`z aksini ko`rsatmoqda. Shu qatorda ta'lim ham davlat siyosatining ustuvor sohasiga aylandi va ushbu sohada ta'limni yangicha innovatsion g`oyalar asosida rivojlantirish bo`yicha islohotlar amalga oshirila boshlandi.
Jamiyat va hayotda sodir bo`layotgan yangilanishlar ta'lim tizimiga ham yangicha innovatsion yondashuvni, ta'lim, fan va ishlab chiqarish o`rtasidagi integratsiya jarayonlarini yanada tezlashtirishga zamin yaratadi, natijada yangicha innovatsiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish dolzarb masalalar qatoridan joy oldi.
Ta`lim sifati va samaradorligini oshirishda xorij tajribalarni o`rganish, tizimga xalqaro standartlar talablarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro tajribalarni oʻrganish, mavjud tizim bilan qiyosiy, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish, tizimda taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro loyihalarni joriy qilish, zamon talablariga javob beradigan munosib milliy baholash tizimini takomillashtirish muhim sanaladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi «O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to`g`risida» gi 5712-son Farmonida 2030-yilga kelib PISA xalqaro dasturi reytingida jahonning birinchi 30 ta ilg`or mamlakatlari qatoriga kirishiga erishish hamda xalq ta`limi tizimida ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarni tashkil etish asosida ta`lim sifatini baholashning milliy tizimini yaratish vazifalari belgilangan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Xalq ta'limi tizimida ta'lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarini tashkil etish chora tadbirlari to'g'risida"gi 997-sonli qarorida eng ustuvor vazifa qilib quyidagilar olindi:

  • xalqaro tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda o'qish;

  • PISA, PIRLS, baholash dasturi yo'nalishidagi savollar milliy bazasini yaratish va o'quv dasturlariga integratsiya qilish.

O`zbekiston Respublikasida xalq ta`limi tizimida olib borilayotgan amaliy ishlar, ta`lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi to`g`risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta`lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo`lga qo`yilishi ta`lim tizimida muhim ahamiyat kasb etadi.
PISA - o`quvchilarni ta'lim sohasidagi yutuqlarini jahon davlatlaridagi maktab o`quvchilarining bilimi va ularni amaliyotda qo`llay olish mahoratini baholash bo`yicha xalqaro dastur bo`lib, asosiy maqsadi - 15 yoshli o`quvchilarning oʻqish savodxonligi, matematika, tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajalarini turli xil testlar koʻrinishida baholashdan iboratdir. Ushbu loyihalar oʻquvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashlariga, olgan bilimlarini hayotda qoʻllay olish qobiliyatlariga baho berish va keyinchalik bu koʻnikmalarni hosil qilishga undashdir. Ushbu dastur 1997 yilda joriy etilgan boʻlib, har uch yilda bir marta oʻtkazib kelinadi. PISA dasturi ta'lim sohasidagi davlat siyosatiga ta'sir ko`rsatib, har bir davlat o`tkazgan tadqiqot natijalari asosida o`zining ta'lim sohasidagi yutuq va kamchiliklarini aniqlab, boshqa davlatlarga nisbatan mavqyeini taqqoslaydi. Ta'lim tizimini takomillashtirish va rivojlantirishda o`z strategiyasini belgilab oladi.
PIRLS (Progress in International Reading and Literacy Study) boshlang`ich sinf o`quvchilarining matnni o`qib tushunish darajasini baholash bo`yicha xalqaro tadqiqot dasturidir. PIRLS - tadqiqotida 50 dan ortiq davlatlar ishtirok etib kelmoqda. Mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta'lim tizimidan iborat bo`lgan davlatlardagi boshlang`ich maktab o`quvchilarining matnni o`qish va qabul qilish bo`yicha tayyorgarligi hamda o`quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo`luvchi ta'lim tizimidagi o`ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat.
PIRLS dasturi 2001-yilda Ta`lim sohasidagi yutuqlarni baholash xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan. Har besh yilda o`tkaziladigan PIRLS dasturi 4-sinf o`quvchilarining o`qish savodxonligini xalqaro darajada baholaydi. O`qish savodxonligi o`quvchilarning ilmiy va shaxsiy muvaffaqiyatini o`sishi uchun asos bo`lib xizmat qiladi.
So`nggi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ulkan iqtisodiy o`sish ko`rsatkichlariga erishilayotganligi barcha sohalarda malakali kadrlar va yetuk mutaxassilarga bo`lgan talabni yanada oshirmoqda.
Bu o`z-o`zidan o`quvchilarimizning darslarga qiziqishlarini oshirish va o`qituvchilarning har tomonlama ta`lim tarbiyaga e`tiborini kuchaytirishni talab etadi.
Yuqoridagi talablarning ta`lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta`lim va fan sohalari rivojlanishini baholash va monitoring qilish orqali ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg`or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi. Davlatimizga ta`lim sifatini baholash xalqaro tadqiqotlarida ishtirok etish tadqiqotlarda olingan natijalar mamlakatdagi ta`lim sifati va uning xalqaro standartlarni hisobga olgan holda egallagan o`rni to`g`risida xulosalar chiqarish imkonini bеradi. O`quvchilarni xalqaro PISA, PIRLS baholashning asl mohiyati o`quvchilarda tafakkur uyg`oqligi, ularni ixtirochi, ijodkorlikka o`rgatishning asosiy belgisi hisoblanadi.
O`zbekistonda ta`lim tizimiga xalqaro tajribadan kelib chiqqan holda o`quvchilarning bilim darajasini baholash va monitoring qilishning ”Milliy dasturi”ni yaratish hozirgi kun talabiga mos keladi. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas qadam tashlaydi hamda o`zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq ravishda takomillashtirib boradi.

Yüklə 47,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin