Boshqaruv aloqasi bir tomonlama shakllangan SBIar tarkibida amal qiladi. Faqat tobe a'zolari birikish uchun tobelovchi qo'shimcha olgan SB boshqaruv yo'li bilan bog'langan deyiladi. Bunda hokim so‘z tobe so‘zning qanday shaklda bo'lishini
boshqaradi. Masalan, kitobni 0 'qimoq birikmasida tobe so‘zning tushum kelishigi shaklida kelishi 0 'qimoq fe'lining o'timliligi bilan belgilangan. Agar bu fe'l o'timsiz fe'lga aylantirilsa, (o'qild,) tobe so‘zdagi tushum kelishigi shakli o'z-o'zidan g'oyib bo'ladi: kitobni o 'qimoq-kitob 0 'qildi. Boshqaruv aloqasida tobe so‘zni har xii turkumd"gi so‘z boshqarishi mumkin. Misollar: uyga bormoq (fe'Ui boshqaruv), mendan katta (sifat boshqaruvi), tovushdan tez (ravishli boshqaruv), o'qishda birinchi (son boshqaruvi), aytgan bola (otli boshqaruv). Boshqaruv uni amalga oshirayotgan vositaga bog'liq ravishda kelishikli boshqaruv, ko'makchili boshqaruv, ravishdoshli boshqaruv, sifatdoshli boshqaruv kabi turga ajraladi.
Moslashuv SBning ikki tomonlama grammatik shakllangan turi bo'lib, bunda tobe a'zo hokim a'zoga muvofiq egalik shaklini, hokim a'zo tobe a'zoga muvofiq ravishda qaratqich yoki bosh kelishik shaklini oladi. Masalan, ukamning daftari, sizning uyingiz, Fuzuliy g'azali kabi. Moslashuv atamasi har ikkala a'zo bir-birini
taqozo qiluvchi morfologik vositaga egaligini anglatadi. Moslashuv aloqasida tobe a'zo qaratuvchi, hokim a'zo qaralmish deb yuritiladi. Moslashuv aloqasida tobe a'zo (Fuzuliy g'azalt) [0] shaklli bo'lganligi kabi, hokim a'zo ham ko'rsatkichsiz qo'llanishi mumkin: sizning uyingiz - sizning uy, bizning kitobimiz - bizning
kitob kabi. Bu siz va biz olmoshi hamda [-ngiz] va [-miz] ko'rsatkichining tarixiy genetik bog'lanishi bilan izohlanadi. Zero, ularning kitobi birikmasini ularning kitob tarzida qo'llab bo'lmaydi.
Qoʻshma soʻz leksik birlik boʻlib, maʼno anglatadi. Qismlari orasida grammatik aloqa yoʻqolgan va bitta soʻz urgʻusiga ega bo‘ladi. Soʻz birikmasi esa tushuncha anglatadi hamda qismlari orasidagi grammatik aloqa sezilib turadi. Har bir soʻz oʻz mustaqil urgʻusiga ega bo‘ladi. Qoʻshma soʻzlarning koʻpchiligi tarixan soʻz birikmalari asosida yuzaga kelgan bo‘lib, yaxlitlanib ketgan, shu tufayli ham ayrim soʻz birikmasi va qoʻshma soʻz omonim boʻlishi mumkin: oqqush - oq qush.
Ibora turg’un birikma bo‘lib, ma’no jihatidan bir so‘zga tеng, ajralmas holatga kеlib qolgan birlikdir. Uning tarkibidagi so‘zlarni hokim yoki tobе qismlarga ajratib bo‘lmaydi: tosh yo’l (so‘z birikmasi) – oq yo’l (ibora). Sayfullayeva R, Mengliyev B va b. muallifligidagi “Hozirgi o'zbek adabiy tili”da so‘z va turg‘un birikma haqida bunday deyilgan: SB a'zolari tobe munosabatli mustaqil so‘z bo'lsa, ibora ham mustaqil so‘zlar birikuvidan tashkil topsa-da,
orasidagi sintaktik aloqa so'ngan, bu so‘zlar o'zaro yaxlitlanib,
ibora o'zida tayyorlik, majburiylik, barqarorlik kabi belgilarni
tashiydigan lisoniy birlik qatoridan joy olgan. Ibora tashkil etuvchilari (zohiriy) jihatidan SBga o'xshasa-da, mohiyatan leksemaga yaqinlashadi. Zero, tarvuzi qo'lfig'idan tushdi iborasi bilan bo ~~hashmoq so‘zining ma'noviy mohiyati yaqin. Leksema kabi ibora ham yaxlit holda yashaydi. So‘z birikmasi esa vaqtincha
va o'zgaruvchan. So‘z birikmasini tashkil etgan so‘zlar nutqda o'z
mustaqil ma'nolari bilan qatnashgani holda ibora tarkibidagi
so‘zlar o'zlarining xos ma'nosidan uzoqlashgan (tarvuzi qo'ltig'idan
tushdi iborasida tarvuz, qo '/tiq, tushmoq so‘zlari o'zlarining xos
ma'nolariga ega emas).
Soʻz birikmasi ham, gap ham grammatik birlik hisoblanadi, lekin soʻz birikmasi tushuncha, gap tasdiq yoki inkor hukmni ifodalaydi. Soʻz birikmasi mazmun va ohang tugalligiga ega boʻlmaydi, fikr ifodalamaydi, predikativlikka ega emas, shu xususiyati bilan sintaktik birlik boʻlmish gapdan farqlanadi. So‘z birikmasi atash ohangi bilan aytiladi: katta ko‘cha. Gap kesimlik qoʻshimchalari bilan shakllangan ya’ni gap predikativlik xususiyatiga ega bo‘ladi: vazifani bajarish - soʻz birikmasi; Vazifani bajardi. – gap; chiroyli gul (so‘z birikmasi) - gul chiroyli (dir) (gap). Gap bitta so‘zdan ham iborat bo‘lishi mumkin, so‘z birikmasi esa har doim eng kamida ikkita mustaqil so‘zdan iborat bo‘ladi: Bahor (gap). Atrof yam- yashil libosga (so‘z birikmasi) burkangan. Ushbu xususiyatlari bilan gap va so‘z birikmasi o‘zaro farqlanadi. Xulosa qilib aytish mumkinki, so‘z birikmalari qo‘llanilish holatlari, vazifalari hamda shu kabi bir qator xususiyatlariga ko‘ra so‘zlar bilan o‘xshash bo‘lsada, so‘z birikmasi va so‘z butunlay bir-biridan farq qiluvchi, boshqa-boshqa tushunchalar bo‘lib, har birining o‘z o‘rni, vazifasi mavjud. Demak, so‘zlarning butun shakllanganligi va butun ma’nolilik xususiyati ularning so‘z birikmalaridan tubdan farq qilishini ko‘rsatuvchi asosiy belgilar hisoblanadi. Soʻz birikmasi soʻzlar kabi narsa, belgi, harakatni atashga xizmat qiladi. Lekin soʻz leksik hodisa, soʻz birikmasi esa grammatik hodisa bo‘lib, soʻz - maʼno ifodalaydi, soʻz birikmasi esa tushuncha ifodalaydi. So‘z ma’noni umumiy tarzda ifodalasa, so‘z birikmasi ma’noni ajratib, aniqlab ifodalaydi.