asar tahlilida o‗quvchi rolini qayta kashf etishda ham ahamiyatli, deb
hisoblaydilar‖
49
. .
Ma'lum bo‗ladiki, badiiy matnni kitobxon javobi
yondashuvida tahlil qilish
o‗quvchilarni adabiy muzokaralarga yo‗naltirishda, o‗qituvchining an‘anaga aylangan
magistral huquqini cheklashda, badiiy san‘atni idrok qilish kuchini namoyish etishda
ahamiyatlidir. Pragmatik ta‘limning asosida bo‗lgan o‗quvchi hayotiy tajribasi,
dunyoqarashi, avvalgi bilimlari majmui va o‗qish jarayonidagi emotsional holatlari
badiiy asar tahlilida muhim faktorlardan biri bo‗lib xizmat qiladi.
Demak, badiiy asarga pragmatik yondashuv perspektiv talqinlarni yuzaga
chiqarishi bilan birga badiiy asar tahliliga individual hayotiy tajriba, bilim, tafakkur,
ma‘naviy ehtiyoj orqali kirib kelish tamoyilini ham shakllantiradi. Badiiy matnga
shunchaki
mutolaa obyekti sifatida emas, balki yozuvchi, badiiy matn va kitobxon
o‗rtasidagi aloqa faoliyati sifatida qarashga rag‗bat beradi. Adabiyot yoshlarimizni
o‗rab olayotgan muammolarni bartaraf etish xususiyatiga ega bo‗lmasa-da, u hayotni
o‗rganish vositasi sifatida muhimdir, chunki har qanday asarda savob va gunohlar,
hayotiy yo‗qotishlar, adolat,
yaxshilik va yomonlik, sevgi va nafrat kabi qator
tuyg‗ular in‘ikos etadi. Keng doiradagi nuqtai nazarlar, konsepsiyalar, munosabatlar,
tushunchalar eshigini ochadiki, badiiy asarda aks etgan voqea hodisalar orqali
o‗quvchi eng kamida ozini taftish etish, tahlil qilish majburiyatini his qiladi,
hayot
haqidagi chalkash tushunchalarning asl mohiyatini anglaydi. O‗zi sevib, ma‘naviy
ehtiyoji o‗laroq mutolaa qilgan badiiy asar namunasi va undan olgan xulosalari
o‗quvchining hayot haqidagi qarashlarini, konsepsiyalarini tartibga solishda, to‗g‗ri
tushunchalar strategiyasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Badiiy asar
orqali dunyoni aql ko‗zi bilan ko‗ra olish qobiliyatini shakllantirishda esa pragmatik
ta‘lim muhim va o‗ziga xos ahamiyat kasb etadi.
Adabiyot kо‗ngildan paydo bо‗lib, kо‗ngillarga singadi. Biz nimaniki
о‗ylamaylik, bajarmaylik, buning negizini ma‘naviyatga bog‗lab
tushunadigan
49
Sonja Pfister Darlington. Literature as visual response and aesthetic experience: An
alternative approach. A Dissertation Submitted to the Graduate Faculty in Partial Fulfillment of
the Requirements for the Degree of Dоtor of Philosophy. Iowa State University. USA, Iowa,
1990, P.56.
xalqmiz. Qalbimizdagi ana shu yuksak ma‘naviy kuchning anglanishi, tanlanishi va
hayotda о‗zini namoyon etishiga ona tilimiz va milliy adabiyotimiz betimsol quvvat
baxsh etadi. Aslida ham о‗z hayotini umummilliy qarashlar tizimi asosida barpo
etgan, ajdodlardan meros muqaddas buloqlardan suv ichib, tomir yozgan avlodlarni
esa hech qanday kuch yengolmaydi.
Bugungi jahon adabiy ta‘limida keng foydalanilayotgan nazariyalardan biri
Gardner nazariyasidir. Amerikalik olim Govard Gardnerning 1991
yilda yaratilgan
Dostları ilə paylaş: