O‘zbek tili yo‘nalishi 4-kurs 415 (kechki)-guruh talabasi Olmasova Nigora Arslon qizining



Yüklə 172,21 Kb.
səhifə2/3
tarix21.05.2023
ölçüsü172,21 Kb.
#118794
1   2   3
Olmosova Nigora

2.Hind tilshunoslari grammatika
Hind tilshunoslari grammatika – morfologiya sohasida ham ancha ishlarni amalga oshirdilar. Ular bu yo‘nalishda ham grek tilshunoslaridan ancha o‘tib ketdilar. Aniqrog‘i, hind tilshunosi Guru morfologiyaning uch bo‘limdan tashkil topishini aniq ko‘rsatib beradi va unga quyidagilarni kiritadi: 1. So‘zlar tasnifi (so‘z turkumlari). 2. So‘z yasalishi. 3. So‘z o‘zgarishi.
Hindlar to‘rtta so‘z turkumini farqlaganlar: ot,fe’l, old ko‘makchi va yuklama.
Hindlarda ot predmet ifodalovchi, fe’l esa harakat, holat ifodalovchi so‘z sifatida beriladi. Old ko‘makchilar esa otlarning, asosan, fe’llarning ma’nosini belgilaydi. Yuklamalar esa ma’nolariga ko‘ra 1) bog‘lovchi va 2) qiyoslovchi kabi turlarga ajratiladi. Olmosh va ravishlar esa ot va fe’l turkumlariga qo‘shib yuborilgan, alohida ajratilmagan.
Yunonlardan farqli holda hindlar so‘z turkumlarini gap bo‘laklaridan farqlaganlar, ya’ni ular bilan qorishtirmaganlar, adashtirmaganlar. Shunga ko‘ra hindlar, yuqorida aytilganidek, otlarni predmet, fe’llarni harakat ifodalovchi so‘z sifatida «baholaganlar».
Qadimgi hindlar so‘zlarni tahlil qilish, tarkibini o‘rganish jarayonida ularni quyidagi bo‘laklarga ajratganlar: 1) o‘zak, 2) suffiks, 3) qo‘shimcha (turlovchi qo‘shimcha). Shuningdek, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi morfemalar farqlangan.
Ovrupo olimlari hind tilshunoslarining ishlari bilan yaqindan tanishib, so‘zlardan o‘zak, so‘z yasovchi va so‘z o‘zgar-tiruvchi morfemalarni ajratishga «kirishganlar».
Hindlar otlarda yettita kelishikni qayd etganlar: 1) bosh kelishik, 2) qaratqich kelishigi, 3) jo‘nalish kelishigi, 4) tushum kelishigi, 5) qurol kelishigi, 6) chiqish (ablativ) kelishigi, 7) o‘rin kelishigi.
Hind tilshunoslari qo‘shma so‘zlarning o‘ttizga yaqin turini farqlaganlar. Ular qo‘shma so‘zlarning tuzilishida komponentlar orasidagi munosabatlarga e’tibor berganlar. Masalan: ot+ot//fe’l; sifat// sifatdosh //ravish+ot // sifat//fe’l; son+ot va boshqalar.
Hind grammatikachilari fe’l turkumining morfologik kategoriyalarini mukammal ishlagan edilar. Ular fe’lning uch zamonga birlashadigan etti xil zamon formasini: hozirgi zamon, o‘tgan zamonning tugallangan, tugallanmagan, uzoq o‘tgan zamon turlarini, kelasi zamon, odatdagi kelasi zamon va juda kam qo‘llaniladigan shart fe’li shaklini ajratganlar.
Hindlar qadimgi davrlardayoq fe’lning to‘rtta maylini - aniqlik, istak, buyruq va shart mayllarini bilganlar.
Fe’lning aniq, o‘rta va majhullik nisbatlari ajratilib, har biri alohida ta’riflangan, tavsiflangan.
Hindlar sanskrit tilida fe’lning uchta shaxs va uchta son: birlik, juftlik va ko‘pliklarga ko‘ra tuslanishni ko‘rsatganlar.
Hind tilshunoslari fikr ifodalash birligi bo‘lgan gapning muhimligini inkor qilmagan bo‘lsalar-da, sintaksis masalalari bilan maxsus shug‘ullanmaganlar. Ular sintaksisda so‘zlarning birikish tartibi, kelishik, zamon va mayl formalarining birikishi kabi masalalarni o‘rganish bilan chegaralanganlar. So‘z fikr ifodalash imkoniyatiga ega emas, ya’ni so‘z gapdan tashqari mavjud emas deb, gapni tilning asosiy birligi hisoblaganlar.


Xulosa
Tilshunoslik alohida, mustaqil fan sifatida XIX asrning birinchi choragida (1816-yil) fanlar olamiga kirib keldi. Shak-shubhasiz, tilshunoslik ham boshqa qator fanlar kabi tadqiqotlar, tajribalar, izlanishlar, g‘oyalar, kuzatishlar natijasi, «mahsuli» sifatida o‘zining alohida o‘rganish obyektiga va tekshirish metodiga ega bo‘ldi.
Qat’iy aytish mumkinki, jahon tilshunosligi fani ham shu kungi taraqqiyot bosqichiga etib kelguncha uzoq tarixiy taraqqiyot davrini, «o‘sish» davrini bosib o‘tdi. U turli maktablar, oqimlar, ta’limotlar ta’sirida bo‘ldi, olimlar tomonidan lisoniy hodisalar haqida aytilgan fikrlar qarama qarshiligiga, til hodisalari haqida yaratilgan juda ko‘plab manbalarga «guvoh bo‘ldi», shakllandi. Anig‘i, tilshunoslik fani ham jahon fanlari sistemasida o‘ziga xos va o‘ziga mos doimiy mustahkam o‘rin egalladi.
Tilshunoslik fanining qadimgi eng muhim manbalari, ta’limotlari, oqimlari, ilk bor, qadimgi Hindiston, qadimgi Yunoniston va qadimgi Rim mamlakatlarida maydonga keldi.
O‘rta va yangi asrlarda esa til haqidagi fan Ovrupoda, Arabiston va O‘rta Osiyoda taraqqiy qildi.
Xullas, qadimgi hindlar fonetika va morfologiyaga nisbatan sintaksis masalalarida ancha bo‘sh bo‘lganlar.

Yüklə 172,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin