Nisbatan ko’p ishlatiladigan dispetcherlik qoidalari ko’rib chiqaylik.
Amalga oshirishda eng sodda bo’lgan qoida FCFS (first conse-first served) bo’lib, unda masalalar ular navbat bilan ular paydo bo’lishi bilan xizmat ko’rsatiladi.
To’xtatilgan jarayonlar tayyor holatga tganda ular navbatga bajarilmagan masalalardan oldinga qo’yiladi. Boshqacha aytganda ikkita navbat hosil bo’ladi. Yangi masalalardan ikkinchisi, oldin bajarilgan, lekin kutish holatiga o’tgan masalalar navbati. Bu usul «masalalarni paydo bo’lishi bilan imkon tezroq tugatish» xizmat strategiyasini amalga imkon beradi.
FCFS dispetcherlik qoidasi. Mavjud dispetcherlik qoidalari ikkita sinfga ajratish mumkin - haydab chiqaruvchi va haydab chiqarmaydigan. Oldingi OS da haydab chiqarilmaydigan dispetcherlik qo’llanilgan edi, zamonaviy OS Windows,OS/2,Linux) larda haydab chiqaruvchi ko’pmaslalik amalga oshirigan. FCFS haydab chiqarmaydigan ko’pmasalalik qoidasi.
SJN (Shorfest jou next, qisqa masala navbatda bajariladi) qoidasi amal qilishi uchun xar bir masalaning mashina resurslariga bo’lgan talabi(so’rovi) oldindan ma’lum bo’lishi kerak.Buning uchun maxsus boshqaruv tillari aniqlangan va u orqali foydalanuvchi masala uchun zarur mashina vaqti va boshqa parametrlarni ko’rsatishi kerak. Dispetcher buyurtma qilingan vaqtni tekshirib turadi va ikkinchisi oshib ketganda masalani navbatning oxiriga qo’yadi.
SRT (Shorfest remaining time) qoidasi, navbatdagi masala tugashi uchun eng qisqa vaqt talab qiladi.)
Yuqoridagi uchta qoidaga asosan paket rejimidagi OS da amal qilardi. Interaktiv OS da cheklangan vaqtda sistema aks ta’sirini, xizmatda tenglikni ta’minlashi kerak. SHu muammolarni hal qilish uchun RR (romd robin, aylana bo’ylab) va prioritetli usullar qo’llaniladi.
RR xizmat qoidasida har bir masala protsessor vaqtini bo’laklab oladi (vaqt kvanti). Masalaning q kvant vaqti tugashi bilan u protsessordan olinadi va protsessor navbatdagi masalaga beriladi.
Olingan masala ishlashga tayyor navbatining oxiriga qo’yiladi. Sistema samarali ishlashi uchun xar bir masalaga vaqt kvantini to’g’ri tanlash kerak. Agar q katta bo’lsa sistemaning reaksyasi susayadi, aksincha q kichik olinsa, dispetcherni masala deskriptorini saqlash va tiklash bilan bog’liq ishlari ko’payib ketadi.
Ayrim OS da q kattalik qiymati aniq ko’rsatiladi yoki oraliq diapazonda. Masalan,OS/2 da confis.syc da TIMESLICE orqali q ning minimal va maksimal qiymati ko’rsatiladi. TIMESLICE 32, 256. Masalaga boshda 32 ms, keyingi vaqt bo’laklariga 32 ms qo’shib boriladi, toki 256 ms gacha.