O'ZBEK TILSHUNOSLIGIDA QO'SHMA GAPLAR TADQIQI VA TASNIFI Qoʻshma gap — tuzilishiga koʻra sodda gapga oʻxshash ikki va undan ortiq predikativ birlikning intonatsiya va mazmun jihatidan bir butunlik hosil etishi bilan yuzaga keluvchi gap; gapning struktural jihatdan alohida bir turi. Qoʻshma gap tuzilishi va qurilish materialiga koʻra sodda gapdan farq qiladi. Sodda gapning qurilish materiali soʻz yoki soʻz birikmalari boʻlsa. Qoʻshma gapning qurilish materiali sodda gaplardir. Sodda gap bitta predikativ asosdan, qoʻshma gap esa ikki va undan ortiq predika-tiv asosdan tashkil topadi. Bir qancha turkiy tillarda, jumladan. oʻzbek tilida, qoʻshma gaplar qanday mazmun munosabatlarini ifodalashi, grammatik belgilari, tuzilishi va intonatsiyasiga koʻra 3 asosiy turga boʻlinadi: bogʻ-lovchisiz qoʻshma gap; bogʻlangan qoʻshma gap; ergashgan qoʻshma gap
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro bogʻlovchi yoki bogʻlovchi vazifasidagi soʻz yordamida emas, balki boshqa vositalar yordamida birikkan Q. g. lar bogʻlovchisiz qoʻshma gap hisoblanib, bunday qoʻshma gaplarda ohang muhim rol oʻynaydi. Bogʻlovchisiz qoʻshma gaplar aksar hollarda bogʻlangan va ergashgan qoʻshma gaplar bilan oʻxshash, munosabatdoshday koʻrin-sada, ular ana shu turdagi gaplarning bogʻlovchisiz varianti emas, balki qoʻshma gaplarning alohida turi hisoblanadi: „Saodatxon eshikni ochib yubordi, uyga muzday kuz havosi kirdi“ (S.Zunnunova). „Sultonmurod oʻzini chetga olishga tirishdi, xalq toʻlqini uni surib ketdi“ (Oybek).
Tarkibidagi predikativ birliklar oʻzaro teng bogʻlov-chilar yordamida birikkan (teng aloqali) qoʻshma gaplar bogʻlangan qoʻshma gap deyilib, uning tarkibiy qismlari shaklan mustaqil koʻrinsa-da, maz-munan va tuzilish jihatdan bir butunlikni tashkil etadi. Mas: „Bahor keldi va gullar ochildi“. „Dil-afroʻz chindan ham oʻzgargan. Ammo oʻktam kulgusi, quralai koʻzlarining kibrona boqishi oʻsha-oʻsha edi“ (Oʻ.Hoshimov).
SINTAKTIK QOLIPNING NUTQIY KENGAYISHI Til o’z ijtimoiy vazifasini sintaktik qurilma - gap vositasida amalga oshiradi. Tildagi barcha - fonetik, leksik, morfologik hodisalar ana shu sintaktik qurilishga xizmat qiladi. Biroq bular sirasida leksika va morfologiyaning til grammatik qurilishidagi ishtiroki bevosita muhimdir. Zero, har qanday sintaktik hodisada so’z va morfologik ko’rsatkichlarni ko’ramiz. Shu boisdan sintaktik mohiyatlarni belgilashda leksik va morfologik omillarga tayaniladi.
Grammatika morfologiya va sintaksisni o’z ichiga oladi. Morfologiya, asosan, sintaktik qurilish vositalari bo’lmish grammatik ko’rsatkichlar tizimi - morfologik kategoriyalarni o’rganadi, ularning umumiy va xususiy grammatik ma‘no (UGM va XGM) larini o’rganadi. Shuningdek, u so’z turkumlarining umumiy grammatik xossalarini ham tekshirib keladi. Aslida, morfologiyaning tekshirish manbai yo leksik, yo sintaktik tabiatga ega bo’ladi. Masalan, so’z turkumlari lug’aviy ma‘nosi yaqin so’zlarning yuksak darajadagi umumlashmasi, so’zlarni bosqichma-bosqich birlashtirib borish natijasida hosil qilingan katta guruhlardir. Demak, so’z ma‘nolari umumlashuvi pog’onasining yuqori zinasi morfologik mohiyat sifatida qaraluvchi so’z turkumlaridir.
Morfologik ko’rsatkichlar ikkiga bo’linadi:
lug’aviy shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar;
sintaktik shakl hosil qiluvchi qo’shimchalar.
Lug’aviy shakl hosil qiluvchi ko’rsatkichlar leksemalarning lug’aviy ma‘nosiga ta‘sir qilib, odatda, leksik ahamiyatga ega bo’ladi. Masalan, o’qigan bola birikmasidagi o’qigan lug’aviy shakli -gan ko’rsatkichini olib, lug’aviy ma‘nosidagi «harakat» semasini kuchsizlantiradi va buning evaziga «belgi» ma‘no bo’lakchasiga ega bo’ladi.
Aloqa-munosabat (sintaktik) shakllari so’zlarning lug’aviy ma‘nosiga ta‘sir qilmasdan, ularni sintaktik aloqaga kiritish uchungina xizmat qiladi. Masalan, kitobni olmoq birikmasidagi tushum kelishigi qo’shimchasi kitob leksemasini olmoq fe‘liga tobelash vazifasini bajarmoqda.