O'zbek tilida sintaktik shakl hosil qiluvchi kategoriyalar


O'ZBEK TILIDA SO'Z GAPLAR



Yüklə 39,73 Kb.
səhifə2/7
tarix19.12.2023
ölçüsü39,73 Kb.
#185935
1   2   3   4   5   6   7
O\'ZBEK TILIDA SINTAKTIK SHAKL HOSIL QILUVCHI KATEGORIYALAR

O'ZBEK TILIDA SO'Z GAPLAR
O’zbek formal tilshunosligida so’z-gaplarning mohiyati, turlari, ularning leksik materiali tavsifi, qo’llanish xususiyatlari empirik asosda etarlicha o’rganilgan. Shakl-vazifaviy tilshunoslikda gapning eng kichik qurilish qolipi [Wpm] sifatida talqin qilingach, ziddiyatli, izohtalab nuqtalarga ega bo’lgan so’z-gaplarga ham lison/nutq ixtilofi nuqtayi nazaridan yondashish zarurligi ayon bo’lib qoldi va har bir gapning til bosqichida o’z qolipi mavjud bo’lgani kabi, so’z-gaplarning ham o’ziga xos muayyan bir lisoniy qurilish qolipi bo’lishi shart va zarurligi e’tirof etildi.
Bo’laklarga ajratilmaydigan gaplar yoki so’z-gaplar umumiy atamasi ostida birlashtiriladigan gaplarning alohida belgilari mavjudki, ular shu belgilari bilan mustaqil so’zlardan, yordamchi so’zlardan, sodda yoxud qo’shma gaplardan farq qiladi. Bular quyidagilar:
1) mustaqil holda gap bo’la olish belgisi;
2) gap tarkibida shu gapning biror bo’lagi bilan sintaktik aloqaga kirisha olmaslik belgisi;
3) o’ziga xos g’ayrioddiy ma’noga ega bo’lish belgisi;
4)bog’lamalar bilan birika olmasligi va shuning uchun mayl, zamon, shaxs/son shakllariga ega emaslik belgisi.
So’z-gaplar deganda shu to’rt asosiy belgi bilan bir majmuaga birlashtiruvchi hodisalar tushuniladi.
1. Mustaqil holda alohida gap bo’la olish belgisi. Bu belgi 4-belgi bilan chambarchas bog’langan. O’zbek lisoniy tizimi gapda ma’lum bir axborotni tashuvchi tasdiq/inkor, mayl/zamon va shaxs/son ma’no va munosabatlarini ifodalovchi tarkibiy qismlar zarur bo’lishini talab qiladi. So’z-gaplarda bunday tarkibiy qismlarni alohida-alohida ajratish mumkin emas. Lekin ular ham gap bo’la oladi, chunki kesimlik shakllari ma’no va munosabatlari so’z-gaplarning o’zida mujassamlangan va ularning ichki mohiya-tini tashkil qiladi. Bunday gaplarda kesimlik kategoriyasi ma’nolari va kesimlik ─ gap markazi vazifasida kelish ─ fikrni shakllantirish, uni ifodalash bor.
O'ZBEK TILIDA YORDAMCHI SO'ZLAR

Yüklə 39,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin