O’zbek tilida so’z tukumlari xudayberganova Guliyor Saidnazarovna



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix04.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#93237
  1   2   3   4   5
o-zbek-tilida-so-z-tukumlari



 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№3 2022 
169 
O’ZBEK TILIDA SO’Z TUKUMLARI 
 
Xudayberganova Guliyor Saidnazarovna 
Bekmetova Dilfuza Botirxon qizi 
Xorazm viloyati Urganch shahridagi 
8-son maktabning o’zbek tili o’qituvchilari 
https://doi.org/10.5281/zenodo.7240889
 
 
Annotatsiya: mazkur maqolada tilshunoslikning morfologiya bo’limining 
asosiy o’rganish obyekti hisoblangan so’z turkumlari va ularning turlari haqida so’z 
yuritiladi. 
Kalit so’zlar: so’z turkumlari, mustaqil so’z turkumlari, yordamchi so’zlar, 
modal so’zlar, taqlid so’zlar, umdov so’zlar. 
O’zbek tilida so’z turkumlari, ularning turlari haqida so’z yuritishdan oldin so’z 
turkumi nimaligini bilib olish zarur. So'zlar lug'aviy ma'nolari, morfologik belgilari 
va gapda bajaradigan sintaktik vazifalariga ko'ra o'zaro farqlanuvchi turli guruhlarga 
bo’linadi. So'zlarning lug'aviy va grammatik jihatdan farqlanishiga ko'ra bunday 
guruhlarga bo'linishi so'z turkumlari deyiladi. Shunga ko'ra. so'zlarni turkumlarga 
ajratishda quyidagi uch muhim belgi asos bo'ladi: 
1. So'zlar ifodalaydigan lug'aviy ma'no turkumlarga ajratishdagi muhim belgidir. 
Masalan, uy, yer , daraxt, kitob, tosh so'zlari borliqdagi predmetlarni anglatadi. 
Ularning nomi ekanligi bilan xarakterlanadi. Bir qator so'zlar shu predmetlarning 
biror belgisrni: rangini, shakl-ko'rinishini, mazasini, hajm-o'lchamini ifodalaydi: 
oq,ko'k, katta. yumaloq, keng, uzun kabi. Shuningdek, bir qator so'zlar 
predmetning ish- harakatini anglatsa (bordi, yozdi, o'qidi), ayrim so'zlar ish-harakat 
yoki belgining belgisini bildiradi: darrov, sekin, oz, ko'p va boshqalar. 
So'z ma'nolaridagi mavjud bu xususiyatlar ulami turkumlarga ajratishdagi asosiy 
belgidir. Turkumlarga ajratishdagi ikkinchi va uchinchi xususiyat so'zning shu ma'no 
tomoniga bog'liq ravishda yuzaga keladi.So'z turkumlarini ajratishda morfologik 
belgi ham muhimdir. Bu xususiyat muayyan so'z turkumlarida maxsus qo'shimchalar 
tizimi mavjudligini, ularni, asosan, shu turkumga xoslanganini ko'rsatadi. Masalan, ot 
turkumi ko'plik, kelishik. egalik, shakllariga ega bo'lganidek, boshqa turkumlardan 
farqli ravishda ularda kichraytish-erkalash shakllari ham bor. Shunga ko'ra otlar 
ko'plikda keladi predmetning kimga, nimaga qarashliligini bildiradi, turlanadi. 
Shuningdek, maxsus ot yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi, ot turkumi 
morfologik jihatdan to'la shakllangan turkum ekanligini ko'rsatadi. 
Fe'l turkumida morfologik ko'rsatkichlar, ya’ni zamon, mayl, nisbat, shaxs-son 
kabi shakllar fe'lning o'ziga xosligini ta'minlaydi. Fe'llar tuslanadi, shaxs va sonni 



Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin