O’zbek tilida so’z tukumlari xudayberganova Guliyor Saidnazarovna



Yüklə 0,7 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix04.04.2023
ölçüsü0,7 Mb.
#93237
1   2   3   4   5
o-zbek-tilida-so-z-tukumlari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
№3 2022 
170 
ifodalaydi. Maxsus fe'l yasovchi qo'shimchalarning mavjudligi bu turkumdagi 
so'zlarning ham turkumlanishi uchun to'la shakllanganligini ko'rsatsa, fe'lning 
xoslangan shakllarini hosil qiluvchi qo'shimchalar mavjudligi fe'lning sintaktik 
vazifasini yana ham kengaytiradi. 
So'z turkumlariga ajratishdagi belgilardan biri so'zning gapdagi sintaktik 
vazifasi bilan bog'liq. Masalan, bosh kelishikdagi ot ega vazifasini bajarsa, qaratqich 
kelishigidagi ot - aniqlovchi, boshqa kelishikdagi otlar to'ldiruvchi va hol vazifalarida 
keladi. Sintaktik jihatdan biror gap bo'lagi vazifasida kelish muayyan so'z turkumi 
uchun qotib qolgan holat emas. Chunonchi, sifat gapda aniqlovchi vazifasida keladi. 
Bu sifaming boshqa sintaktik vazifa bajarmasligini ko'rsatmaydi. Binobarin, sifatlar 
ham gapda to'ldiruvchi: kattani katta deydilar (maqol), otlashganda ega: yaxshi yeydi 
oshini, yomon yeydi boshini (maqol) vazifalarida qo'llaniladi. Ko'rinadiki, so'z 
turkumlarining sintaktik vazifalari shu turkumdagi so'zlarning lug'aviy ma'nosiga 
mos holda bo'ladi. Xullas, so'z turkumlarini ajratishda shu uch belgigatayaniladi. 
Biroq bu belgilar barcha so'zlarda bir xil emas. Masalan, ot, fe'l turkumlari uchun har 
uchala belgi yetakchi bo'lsa, olmosh va son uchun bu belgilar o'ta past darajada yoki 
sifat ravishda sintaktik belgi kuchli bo'lganidek, morfologik belgi u darajada emas. 
O'zbek tilida so'z turkumlari 12 ta bo'lib ular quyidagi guruhlarga bo'linadi: 
1. Mustaqil so'zlar. 
2. Yordamchi so'zlar. 
3. Modal so'zlar. 
4. Undov so'zlar. 
5. Taqlidiy so'zlar. 
So'z turkumlarining barchasi grammatik shaklga ega. Biroq, lug'aviy, grammatik 
ma'nosi va vazifasiga ko'ra turlichadir. 

Yüklə 0,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin