O‘zbek tilini o‘qitish metodlari tasnifi, turlari va mazmuni o‘zbek tilini o‘qitish metodlari tayanch tushunchalar


Ona tilidan ta’lim metodini tanlash



Yüklə 61,11 Kb.
səhifə9/10
tarix07.01.2024
ölçüsü61,11 Kb.
#206444
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
boshlang\'ich sinnflarda ona-tili o\'qitish metodlari

Ona tilidan ta’lim metodini tanlash. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi faoliyati o‘z-o‘zidan faollashmaydi, albatta. U, birinchi navbatda, o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri tanlangan metodga bog‘liq. To‘g‘ri tanlangan metod uni rivojlantirish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Ona tili ta’limning mazmuni muhim va yetakchi omil sanaladi. Chunki samaradorlik avvalo o‘quvchilarga «Nimani o‘qitish?» masalasi bilan chambarchas bog‘liq. Ona tili ta’limidan o‘quvchilar egallashi lozim bo‘lgan zaruriy bilimlar hamda shu bilimlarga muvofiq keladigan malaka va ko‘nikmalar tizimi to‘g‘ri belgilansagina, «Qanday o‘qitishi kerak?» degan savolga javob topish mumkin. Demak, samaradorlik avvalo ana shu ikki omil bilan bevosita aloqadordir.
«Nimani o‘qitish?» va «Qanday o‘qitish kerak?» bir jarayonning ikki qirrasidir. Bular shu darajada bir-biri bilan bog‘langanki, biri ikkinchisiz hech qanday samara ko‘rsatmaydi.
Ona tili ta’limning samaradorligi, birinchidan, ta’lim mazmuni, ya’ni shu fandan o‘quvchilarga beriladigan zaruriy bilim, malaka va ko‘nikmalar tizimi bilan bog‘liq bo‘lsa, ikkinchidan, ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalarni joriy etish, o‘quvchilarning ona tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqishi, bilish ehtiyojini yuzaga keltiradigan vositalar bilan chambarchas bog‘langan.
Ona tili ta’limning samaradorligini ta’minlovchi muhim vositalardan biri o‘qitish metodini to‘g‘ri tanlanishidir. Ona tili darslarida o‘qituvchi ko‘proq o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarga murojaat qiladi. Chunki o‘quv materialini tushuntirib berish yoki o‘quvchi duch keladigan tushuncha, ta’rif va qoidalar atrofida suhbat o‘tkazish bilan o‘rgatib bo‘lmaydi. Ona tili mashg‘ulotlarida o‘quvchi ta’lim jarayonining subyekti, ya’ni faol ishlovchisiga aylanib, har bir o‘quv topshirig‘ini aqliy faoliyat «chig‘irig‘i»dan o‘tkazgan taqdirdagina o‘quv materiallarni o‘zlashtirish jarayoni ancha yengil kechadi va dars mashg‘ulotlarining samaradorligi ta’minlanadi. O‘qitishning amaliy metodlariga tayangan o‘qituvchi o‘quv topshiriqlarini bajarish jarayonida o‘quvchining faolligini to‘g‘ri uyushtira oladi va uning muvaffaqiyatli kechishini ta’minlaydi.
O‘quvchilariga ona tilidan bilimlarni tayyor holda bayon qilish serunum metod sanalmaydi. Chunki bilimlar o‘qituvchi tomonidan tayyor holda berilar ekan, o‘quvchi shu jarayonning ishtirokchisiga, tinglovchisiga va faqat andazaga qarab harakat qiluvchiga aylanib qoladi.
Кuzatishlar shuni ko‘rsatadiki, ona tili o‘qituvchilari ta’lim metodlarini tanlashda juda ko‘p qiyinchiliklarga duch keladilar. Ayrim o‘qituvchilar ma’lum bir metodga ortiqcha baho berib, ikkinchisini e’tibordan chetda qoldiradilar; ba’zilari har bir metoddan bir shingil olishga urinadilar. O‘qituvchilarning ko‘pchilik qismi ta’lim metodini tasodifiy tanlaydilar.
O‘qituvchi ta’lim metodini tanlashda quyidagilarga amal qilishi lozim:
1. Tanlanayotgan metodning o‘rganiladigan til materiali mazmuniga muvofiq kelishi, mavzuning murakkablik darajasi, o‘quv materiali yuzasidan o‘quvchilarda tushunchalarning mavjudligi, o‘quv materialining hajmi ta’lim metodini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. Mavzu o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatiga muvofiq kelib, ular shu o‘rganilayotgan til hodisasi yuzasidan oldingi sinflardan ma’lum bir tushunchalarga ega bo‘lsalar, qayta xotiralashga asoslangan metodlar bilan bir qatorda, muammoli o‘qitish metodidan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Mavzu hajm jihatidan katta va murakkab bo‘lsa, tushuntirish-namoyish etish metodini muammoli ta’lim metodi bilan qo‘shib olib borish maqsadga muvofiqdir.
2. Tanlanayotgan metod ona tili ta’limining asosiy maqsadi va o‘rganilishi ko‘zda tutilgan mavzuning xususiy maqsadiga muvofiq kelishi shart.
Ona tili darsida yangi mavzu o‘rganiladigan bo‘lsa, o‘tilganlarni xotirada tiklash orqali o‘quvchilardan ijodiylikni talab qiladigan topshiriqlarga ko‘proq e’tibor beriladi.
3. Tanlanayotgan metod o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, mustaqil ishlash darajasini, yosh va shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi lozim. O‘quvchilarning real o‘quv imkoniyatlaridan kelib chiqib, bir vaqtning o‘zida bir necha metoddan foydalansa bo‘ladi. Masalan, bilimlarni mustaqil egallash jarayonida o‘zlashtirishi bo‘sh o‘quvchilar uchun qayta xotiralash va qisman izlanuvchanlik metodlaridan foydalansak, o‘zlashtirish darajasi yuqori bo‘lgan o‘quvchilar uchun ko‘proq izlanuvchanlik metodlaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Tanlanadigan metod o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga ham bog‘liq. Bolalarning yoshi ulg‘aygan sari til materiallari ustida mustaqil ishlash darajasi ham ortib boradi. Quyi sinflarda o‘quvchi o‘z-o‘zini nazorat qilishda ancha qiynalsa, 7–8 - sinflarga borib, ularning o‘z faoliyatini o‘zi nazorat qilishi ortadi. Shuning uchun 5–6- sinflarda o‘quv topshiriqlarini bajarish uchun ko‘p hollarda namuna ko‘rsatishga zaruriyat sezilsa, 7–8 - sinflarda ularda ijodiy faoliyat ko‘rsatish imkoniyatlari ancha kengayadi va izlanuvchanlikka asoslangan metodlarga tez-tez murojaat qilishga to‘g‘ri keladi.
4. Ona tili darsida qo‘llaniladigan metod mavzulararo, bo‘limlararo va fanlararo bog‘lanishlarni ham hisobga olishi lozim. Chunonchi, «Jarangli va jarangsiz undoshlar» mavzusi o‘rganilar ekan, o‘quvchilar bir vaqtning o‘zida ham jarangli va jarangsiz tovush juftlari ustida ish olib boradilar, har bir so‘zga ma’nodosh, uyadosh va qarama-qarshi ma’noli so‘zlar izlaydilar. Bunday holatlarda bilimlarni xotirada tiklash izlanuvchanlik metodlari bilan qo‘shiladi.
O‘quvchilarning orfografik, orfoepik va punktuatsion malakalari ustida ishlash ma’lum bir bo‘lim doirasida cheklanmaydi. Bu malakalar deyarli har bir ona tili mashg‘ulotida takomillashtiriladi. Qo‘llaniladigan metod ona tili darslari zimmasiga yuklatilgan bu vazifani muvaffaqiyatli amalga oshirishga xizmat qiladi.
5. Ta’lim metodi ona tilidan beriladigan bilimlarning manbaiga ham bog‘liq. Agar o‘quvchi bilimlarni o‘qituvchining jonli so‘zidan oladigan bo‘lsa, tushuntirish-namoyish etish metodi o‘quvchilarning mustaqil izlanishi bilan qo‘shiladi, agar bilim berilgan topshiriqlarni bajarish asosida o‘rganiladigan bo‘lsa, asosan, o‘quvchi faoliyati bilan bog‘liq metodlarga murojaat qilinadi.
Darslikda o‘quv materialining induktiv yoki deduktiv usulda berilganligi ham ta’lim metodini tanlashga ta’sir ko‘rsatadi. O‘quv materiali induktiv usulda berilgan bo‘lsa, o‘quvchilarning faollik darajasi yuqori bo‘ladi.
Tanlanayotgan metod o‘quv materialini o‘rganish uchun ajratilgan vaqt va o‘qituvchining imkoniyatlariga ham muvofiq kelishi lozim. Mavzuni o‘rganishga ajratilgan vaqt oz bo‘lsa, o‘quvchilarning izlanishiga asoslangan metodlarni qo‘llash imkoniyatlari ancha chegaralanadi. Bunday hollarda o‘qituvchining bayoni evristik suhbat bilan qo‘shilgan holda amalga oshiriladi.

Yüklə 61,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin